$
 12820.47
5.69
 13470.47
27.77
 122.26
-1.24
weather
+26
Кечаси   +14°

Faqat g‘alaba qoniqtiradi: “Nasaf” — “Quvayt SK” (prevyu)

Ajdarlar

Bugun Qarshidagi “Markaziy” stadionida “Nasaf” Chempionlar Ligasi-2 guruh bosqich 5-turi doirasida “Quvayt SK” klubini qabul qiladi. Amaldagi mamlakat chempioni xalqaro maydondagi yurishini guruh bosqichida yakunlamasligi uchun bugun g‘alaba qozonishi talab etiladi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi 

O‘zbekiston Superligasi chempioni bu jamoa bilan ilk bor to‘qnash kelmayapti. “Nasaf” bugunga qadar ushbu klub bilan uch bor to‘qnash kelgan. Ilk o‘yin 2002-yilda, Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan — 1:1. Ikkinchi bahs esa 2011-yil, OFK kubogi finaliga to‘g‘ri keladi — 2:1. Bu o‘yindagi g‘alaba barcha o‘zbek futboli muxlislari uchun qadrli hisoblanadi. Uchinchi o'yin esa ayni shu musobaqa startida, joriy yilning 18-sentyabr kuni bo'lib o'tgan edi. Unda tomonlar durrang natijasini qayd etgan. 

Raqib haqida

Quvaytning shu nomdagi jamoasi ayni dam mamlakat birinchiligida karvonboshilik qilmoqda. Jamoa 9 o‘yinda 27 ochko jamg‘arib, 27 bor gol urgan va 5 marotaba o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan. “Quvayt SK” “Nasaf”dan farqli xalqaro musobaqadagi so‘nggi o‘yinini durrang natijasi bilan yakunlay olgan. Shunday bo‘lishiga qaramay, jamoaning keyingi bosqichga chiqish ehtimoli juda past. Ayni dam ushbu klub o‘z guruhida ikki ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etgan.

“Nasaf” uchun hal qiluvchi bahs

“Nasaf” Iordaniyaning “Al-Hussayn” klubiga ikkinchi o‘yinda ham yutqazgach, o‘zining musobaqadagi imkoniyatlarini yomon ahvolga olib kelib qo‘ydi. Raqib har ikki o‘yinda bir nafardan futbolchining individual mahorati evaziga yutib ketdi. Ummondagi bahsda Orif al-Haj deyarli yo‘q joydan ikkita gol urgan bo‘lsa, Qarshida o‘tkazilgan bahsda “Nasaf” himoyachilari Riziq Muhammad oldida ojiz qolishdi. Qiziqarlisi, “Al-Hussein” va “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi 1-o‘yinda Aref Al-Haj zaxiradan maydonga tushib 25 daqiqada 2 ta gol urgandi. Qarshidagi bahsda esa Aref Al-Haj o‘rniga maydonga tushgan Bani Hani 25 daqiqada 2 ta gol urdi. So‘nggi turdan so‘ng "Al-Hussayn"ning ochkolari 9 taga yetdi. “Nasaf”da esa 4 ochko mavjud. “Nasaf” va “Shabab” o‘rtasida 3 ochkolik farq saqlanib qoldi. Bu vaziyatda qarshiliklar keyingi bosqich masalasini hal etmoq uchun bugun va 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan guruh bosqichini yakunlovchi bahsda g‘alaba qozonishi shart.

So‘nggi natijalar va tig‘iz taqvim

Qarshiliklarning xalqaro va mahalliy chempionatdagi so‘nggi o‘n o‘yini quyidagicha yakunlangan:

  • 3 g‘alaba — “Dinamo” (1:2), “Lokomotiv” (1:0) i “Shabab Al-Axli” (2:1).
  • 3 durrang — “Bunyodkor” (2:2), “Surxon” (1:1) i “Al-Quvayt” (0:0)
  • 4 mag‘lubiyat — “Sog‘diyona” (0:1), “Neftchi” (0:2) va ikki marta “Al-Husseyn”ga qarshi (1:2).

Endilikda jamoani juda ham tig‘iz taqvim kutib turibdi. Nasaf jamoasini oldindagi yetti kun ichida kutib turgan uchrashuvlar:

  • 27-noyabr: “Nasaf” - “Quvayt SK”
  • 30-noyabr: “Nasaf” - “Metallurg” 
  • 4-dekabr: “Shabab Al-Ahli” - “Nasaf”
Теги :
Jamiyat