$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ajdarlar” bugun xalqaro maydonda hammasini hal qilishi mumkin

Nasaf

Bugun, 24-oktyabr kuni OCHL 2 musobaqasining 3-turi doirasida O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda himoya qilayotgan “Nasaf” klubi “Al Hussein” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Jamoalarning so‘nggi o‘tkazgan o‘yinlari

O‘zbekiston superligasida peshqadamlik qilib, tobora chempionlikka yaqin kelayotgan qarshiliklar o‘zining so‘nggi o‘yinini o‘zining mahalliy prinsipial raqibi Surxonga qarshi o‘tkazib, 1:1 hisobida durrang natija qayd etdi. Raqib “Al Hussein” esa so‘nggi o‘yinida mamlakat chempionati vakilini 1:0 hisobida mag‘lub etgan. Xalqaro maydondagi so‘nggi o‘yinlarga nazar tashlasak, ikki jamoa ham o‘zining so‘nggi o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunlagan. 

Mahalliy chempionatlardagi vaziyat

Bu masalaga to‘xtalar ekanmiz, qiziqarli holatga duch kelamiz. Ikki klub ham o‘z mamlakati chempionatida yetakchi bo‘lib turibdi. Farqli jihati O‘zbekiston klubidagi vaziyat biroz yengilroq. Klub deyarli chempionlik masalasini hal qilib ulgurgan. Iordaniya jamoasidagi vaziyat esa ancha murakkab. Mamlakat chempionatida ketma-ket uch klub chempionlik poygasida karvonboshilik qilmoqda.  

Ro‘ziqul Berdiyev 

“Nasaf” futbol klubi Oliy ligaga chiqqan kundan beri jamoa bilan birga bo‘lib, “ajdarlar”ning barcha yutuqlariga sherik bo‘lgan jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bugun 53 yoshga to‘ldi. Berdiyev bugungi kunga qadar jamoa bilan quyidagicha natija qayd etgan:

O‘zbekiston chempionati kumush medali (4x): 2011, 2017, 2020, 2023.

O‘zbekiston chempionati bronza medali (11x): 2000, 2001, 2005, 2006, 2009, 2010, 2013, 2014, 2015, 2016, 2022. 

O‘zbekiston kubogi sohibi (4x): 2015, 2021, 2022, 2023.

O‘zbekiston kubogi finalchisi (x5): 2003, 2011, 2012, 2013, 2016.

O‘zbekiston superkubogi g‘olibi (x3): 2016, 2023, 2024.

OFK kubogi g‘olibi: 2011.

OFK kubogi finalchisi: 2021.

O‘zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi (5x): 2013, 2016, 2017, 2020, 2021.

Eslatib o‘tamiz, qarshiliklar dastlabki ikki turda 4 ochko qo‘lga kiritishgan. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da “Amman Xalqaro Stadioni”da start oladi.