$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Kosonsoy Obodonlashtirish boshqarmasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi

Obodonlashtirish

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi amalga oshirgan 28 ta tender savdolari ustidan monitoring o‘tkazdi

1 mlrd. 356 mln. so‘mlik tenderda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan

Qayd etilishicha, Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 2023-yilda 15 ta boshlang‘ich narxi 970 mln. so‘mga yaqin va 2024-yil birinchi yarim yilligida 13 ta 1 mlrd. 356 mln. so‘mlik tender savdolarida buyurtmachi tashkilot tomonidan ishtirokchilar (“ISLAMOV TRADER” MChJ, “BERUNIY MEDICAL” MChJ) taqdim etgan tanlov takliflarini baholash mezonlarini belgilashda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

Ish bo‘yicha ma’muriy javobgarlik belgilangan

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan buyurtmachiga (Kosonsoy tuman Obodonlashtirish boshqarmasi) “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilishi yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishini bartaraf etish maqsadida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan. Shuningdek, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

 

Теги :
Jamiyat