Farg‘ona vodiysini suv bosishi mumkin
Joriy yilning 12-13-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, joriy yilning 12-13-iyun kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda. Buning oqibatida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Xavf ehtimoli mavjud hududlar
Kutilayotgan yomg‘irli ob-havo natijasida Farg‘ona vodiysining qator tog‘li hamda tog‘oldi hududlarida sel-suv toshqinlari kuzatilihi mumkin. Bular:
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahri.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralgan agentlik xabarida.



