Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Sharqona London: Mamlakatimizda ob-havo prognozlari qanday?

O‘zgidromet ob-havo prognozlarini e’lon qildi.

2 daqiqa o‘qiladi

Sharqona London: Mamlakatimizda ob-havo prognozlari qanday?

O‘zgidromet 19-may uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘irli havo kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-16 daraja, kunduzi 17-19 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 9-14 daraja bo‘ladi.