Fevral oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?
O‘zgidromet fevral oyiga oid ob-havo prognozlarini ma’lum qildi.
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zgidromet fevral oyiga oid ob-havo prognozlarini ma’lum qildi.
Dastlabki dekada
Ma’lum qilinishicha, fevral oyi 6-7 kun davomida saqlanib turadigan quruq ob-havo bilan boshlanadi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 6-7-fevral kunlariga kelib, nisbatan iliqlashadi, kunduz kunlari havo 12-15 daraja iliqqacha, shimolda 5-8 daraja iliqqacha isiydi.
Oy oxirigacha bo'ladigan harorat
Oyning oxirigacha, harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 2 daraja sovuq, 3 daraja iliqdan 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Respublika hududi bo‘yicha birinchi o‘n kunlik oxirida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda har o‘n kunlikda 2-3 kundan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Fevral oyida respublika hududi bo‘yicha oylik yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan ko‘p bo‘lmaydi.



