$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Kelyotgan hafta o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Qamchiq

“O‘zgidromet” xizmati O'zbekiston hududlari bo‘ylab 27-29-yanvar kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 27 yanvarda 9-14° iliq, 28 yanvar 5-10° iliq, 29 yanvar 2-7° iliq bo’ladi; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 0-5° iliq bo’ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq,

28-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29-yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 27-yanvarda 10-15° iliq,

28-yanvarda 5-10° iliq, 29-yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari: Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 6-11° iliq,

28-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 29-yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ob-havo prognozlari qanday?

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 27-yanvarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-28 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 29-yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Теги :
Jamiyat