Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Yaponiya parlamenti noma’lum uchar jismlar bo‘yicha komissiya tuzdi

Yaponiya nimadan havotirda?

1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya parlamenti noma’lum uchar jismlar bo‘yicha komissiya tuzdi

Yaponiya parlamentida noma’lum uchar jismlar (NUJ) bo‘yicha komissiya paydo bo‘ldi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar berdi.

Agentlik vazifasi nima?

Mamlakat parlamenti qoshidagi ikki partiyali guruh NUJ va noma’lum havo hodisalari (NHH) masalalari bo‘yicha partiyalararo komissiya ta’sis etilishini hamda shu mavzuda axborot yig‘uvchi agentlikka asos solinishini tasdiqladi.

NHH boshqa mamlakatlarning “maxfiy quroli” bo‘lishi mumkin

Hukumat nazarida, NHH boshqa mamlakatlarning “maxfiy quroli” bo‘lishi va Yaponiya xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.

Noma’lum havo hodisalarini o‘rganuvchi maxsus organ 6-iyundan rasman ish boshlaydi. Komissiyaga rais etib sobiq mudofaa vaziri Yasukadzu Hamada, spikerlikka sobiq atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri, Yaponiya sobiq bosh vazirining o‘g‘li Sindziro Koidzumi tayinlandi.