$
 12557.67
2.51
 13448.01
17.76
 147.37
-0.32
weather
+26
Кечаси   +14°

Yoz nonushtasi menyusida nimalar bo’lishi kerak?

Nonushta

Mutaxassislar jaziramada sarxil mevalar va oqsilga boy maxsulotlar tanovvul qilishni tavsiya etadi.

Oqsil va kaliyga boy maxsulotlar yetish tavsiya etilmoqda

Ta’kidlanishicha, mevalar A, C, kaliy, fosfor va boshqa bir qancha vitaminlar koni bo‘lgani bilan kunlik mikroelementlarning barchasi bilan ta’minlay olmaydi. Shu sabab ham kalsiy va oqsilni boshqa mahsulotlardan qabul qilish tavsiya qilinadi.

Oqsil — hujayralar tashkil topishida ahamiyatli hisoblanadi. Quyidagi maxsulotlar esa oqsilning koni hisoblanadi: sut maxsulotlari va tuxum hayvon oqsiliga, yong‘oqlar, don va urug‘lar esa o‘simlik oqsiliga boydir.

Oqsilga boy va mazali nonushta tayyorlash uchun, suli yormasi va rezavorlarni aralashtirib, yong‘oq qo‘shish yoki kruassan va olmali sharbat ichish ham tavsiya qilinmoqda.

Mevali sharbat, bug’doy va sut maxsulotlari energiyani saqlaydi

Shuningdek, kalsiy nafaqat suyaklarni mustahkamlash, balki yallig‘lanish hamda allergiyaga qarshi samarali hisoblanadi. Kalsiyga boy nonushta tayyorlash uchun, pishloq, yong‘oq, tvorogdan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, tvorog va ko‘katlarni qo‘shib tost tayyorlash va turli mevalar aralashmasidan sharbat iste’mol qilish yoki mak qo‘shib pishirilgan keks va sitrusli sharbat bilan nonushta qilishingiz mumkin.

Og‘ir va yog‘li bo‘lmagan maxsulotlarni foydali tabiiy mahsulotlar bilan almashtirish tavsiya qilinadi. Masalan, kolbasa o’rniga tovuq filesi, qovurilgan tuxum o‘rniga sabzavotlar qo‘shib omlet tayyorlash mumkin. Shuningdek, sitrusli sharbatlar xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam berishini unutmagan holda, tongda apelsin yoki mevali sharbat ichish tavsiya qilinadi.

Shu bilan birgalikda, nonushta ratsioningizdan teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan bug‘doydan tayyorlangan non va rezavorlar o‘rin olishi kerak.

Tropik mamlakatlar taomnomasi

Tropik va issiq iqlimli davlatlar taomnomasidan ilhomlanish ham foydali. Masalan, Ispaniyada qizdirilgan nonga sarimsoq surtib, pomidor va zaytun qo‘shib iste’mol qilish odatiy nonushta hisoblanadi. Ichimlik sifatida esa ispanlar apelsin sharbati yoki qahva ichishni afzal biladi.