$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

MSK: saylovoldi tashviqoti davomida qonun buzilish holatlari kuzatilmadi

nomzod

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, joriy yilda siyosiy partiyalar tomonidan Qonunchilik palatasi deputatligiga jami 875 nafar, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 3 ming 625 nafar, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga 24 ming 850 nafar nomzod ko‘rsatilgan.

“22-sentyabrdan 25-oktyabrga qadar boʻlib oʻtgan saylovoldi tashviqotida siyosiy partiyalar va ularning nomzodlari tomonidan qonun buzilishi holatlari kuzatilmadi. Bunda siyosiy partiyalar tomonidan imzolangan “Odob qoidalari” samarali natija berdi”, — deyiladi xabarda.

Saylovlarni 800 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatmoqda

MSK maʼlumotlariga koʻra, saylovlarni 800 dan ortiq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatmoqda. Ayni paytda saylovni siyosiy partiyalardan 55 ming nafar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan esa 10 ming nafardan ortiq kuzatuvchi bevosita kuzatmoqda.

“Shu paytgacha MSKga ovoz berish jarayonida saylov qonunchiligi buzilganligi haqida hech qanday ma’lumot kelib tushmagan. Saylovchilar, kuzatuvchilar yoki ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan saylov qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlansa, sudga, prokuraturaga, ichki ishlar organlariga yoki saylov komissiyalariga shikoyat qilishlari mumkin”, — deyiladi MSK xabarida.

Shu maqsadda barcha saylov uchastkalarida ma’muriy sudlar va prokurorlarning telefon raqamlari haqida ma’lumotlar mavjud.

40 ta xorijiy davlatlardagi 57 ta saylov uchastkalari oʻz faoliyatini boshladi

Qayd etilishicha, bugun 11 028 saylov uchastkalari, hududiy saylov komissiyalari tomonidan tashkil etilgan holda, soat sakkizda saylovchilar uchun eshiklarini ochdi.

Shuningdek, 40 ta xorijiy davlatlardagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik va konsullik muassasalari huzurida 57 ta saylov uchastkalari ham oʻz faoliyatini boshladi. Shu jumladan, Sharq davlatlarida tashkil etilgan saylov uchastkalari ham ish boshladi.

Elektron saylovchilar roʻyxatiga 19 million 944 ming 859 nafar fuqaro

Ayni paytda Markaziy saylov komissiyasi va barcha mintaqaviy saylov komissiyalari hamda saylov uchastkalari oʻrtasida aloqa oʻrnatildi. Oʻzbekiston Respublikasi vakililiklari tomonidan Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya, Singapur, Indoneziya, Tailand va Hindistondagi saylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni birinchi boʻlib boshlandi.

Hozirgi saylovlarda avtomatlashtirilgan saylov jarayonini boshqarish tizimining elektron saylovchilar roʻyxatiga 19 million 944 ming 859 nafar saylovchi roʻyxatga olingan. Shuningdek, xorijda 165 ming 631 nafar saylovchi roʻyxatga olingan.

 Yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida tashkil etilgan saylov

Joriy yilgi saylovlar yangi tahrirdagi Konstitusiya va milliy saylov qonunchiligi asosida aralash saylov tizimi asosida oʻtkazilmoqda. Bu tizim qonunchilik palatasiga 75 nafar deputatni yakkamandatli okruglar boʻyicha koʻpchilik saylov tizimi orqali saylashga, yana 75 nafarini proporsional saylov tizimi boʻyicha partiyaviy roʻyxatlar orqali saylashga imkon beradi.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan beshta siyosiy partiya va ularning nomzodlari saylovlarda “Mening tanlovim – mening farovon Vatanim!” shiori bilan qatnashdi.

Bular - Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi;

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi;

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi;

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi;

Oʻzbekiston Sotsial-demokratik partiyasi “Adolat”.

Muhim voqealar

Oʻzbekiston tarixida ilk bor beshta siyosiy partiya tomonidan barcha darajadagi deputatlikka nomzodlar 100% ilgari surildi.

Muhim voqea sifatida “E-saylov” axborot tizimi ishga tushirildi. Natijada, siyosiy partiyalar nomzodlarni qonunchilik talablariga mosligini saylov komissiyalari bilan tezkorlikda muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Yangi tizim fuqarolar uchun saylov haqida ma'lumot olishda qator qulayliklarni yaratdi va saylovga tayyorgarlik jarayonida oʻz afzalliklarini toʻliq namoyish etdi. Joriy yilda siyosiy partiyalar tomonidan qonunchilik palatasiga jami 875 nafar, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga 3 625 nafar, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlariga esa 24 850 nafar nomzod koʻrsatilgan.

 16-23-oktyabr kunlari mamlakatimiz hududida muddatidan oldin ovoz berish jarayonida 1 million 15 ming 948 nafar va xorijda 132 667 nafar saylovchi ishtirok etdi.

Jami 1 068 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditasiyadan oʻtgan.