$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar asosan necha yoshda oila qurmoqda?

nikoh

Adliya vazirligining 2024-yil yakuni bo‘yicha FHDYO hisobotida nikoh, tug‘ilish, va fuqarolarga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi. Hisobotda aholining demografik ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda onlayn xizmatlardan foydalanishning oshgani ham qayd etilgan.

Nikoh bo‘yicha ko‘rsatkichlar

2024-yilda O‘zbekistonda jami 271 759 ta nikoh qayd etilgan bo‘lib, o‘rtacha nikoh yoshi 24 yoshni tashkil etdi. Nikohga kirgan ayollarning 37 foizi (100 551 ta) erining familiyasini qabul qilgan.

Nikohlarning asosiy qismi, ya’ni 228 937 tasi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar orasida qayd etilgan. Eng ko‘p nikoh Samarqand viloyatida kuzatilgan. 50 yoshdan oshganlar o‘rtasida 1 352 ta nikoh qayd etilib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘lgan.

Tug‘ilish bo‘yicha ma’lumotlar

Tug‘ilish bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan ota-onalar orasida onalar soni 108 053 nafarni, otalar esa 4 454 nafarni tashkil etdi.

Katta yoshdagi ota-onalar orasida 50 yoshdan keyin farzandli bo‘lgan otalar 2 903 nafar, onalar esa 26 nafarni tashkil qildi.

Egizaklarning umumiy soni 22 313 tani tashkil etib, eng ko‘p egizak tug‘ilishi Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida qayd etildi. Eng kam egizak tug‘ilishi esa Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida kuzatildi.

Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish

Adliya vazirligi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning o‘rtacha vaqti qisqartirilib, avvalgi 12 daqiqadan 5-7 daqiqaga tushirilgan. Nikohlanuvchilardan jami 40 891 ta ariza onlayn tarzda qabul qilingan.

Hududlar bo‘yicha tug‘ilish statistikasi

Tug‘ilish bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchi bo‘lib, 110 298 ta tug‘ilish qayd etilgan. Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari undan keyingi o‘rinlarni egallagan. Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilgan.