Dushanba, 26-oktabr, 2026
Havo 87 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +10° kechasi +6°

Yurib ketayotgan avtomobil nega yonib ketdi?!

Chilonzorda yurib ketayotgan avtomobilda yong‘in chiqqan.

1 daqiqa o‘qiladi

Yurib ketayotgan avtomobil nega yonib ketdi?!

Chilonzorda yurib ketayotgan avtomobilda yong‘in chiqqan. Bu haqda "Millar" dasturi xabar berdi.

Yarmi yonib ketgan "Nexia-3"

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 4-iyun kuni harakatlanib ketayotgan "Nexia-3" rusumli avtomobil yonib ketdi, yong‘in motor qismida kelib chiqqanligi aytilmoqda.

Olov sababli mashinaning salkam yarmi tamom bo‘lgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan tezda bartaraf etilgan va hechkimga tan jarohati yetmagan.

Yong‘in sababi

Hozirda holat yuzasidan FVV va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan  o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Yozda ortadigan xavf

Yoz mavsumida bunday yong‘inlar yuz berishi yaxshigina ko‘payadi. Bunga sabab esa avtomobilni texnik ko‘rikdan o‘tkazmaslik va ehtiyot choralarisiz avtomobilning ishdan chiqqan qismlarini o‘zboshimchalik bilan tuzatishga urinishdir.

Mutaxassis bo‘lmagan ustalarga avtomobillarni ishonib topshirish oqibatida avtomobil kerakli ta’mirni ola olmaydi va natijada noxush vaziyatlar kelib chiqadi.