$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 31-yanvar voqealari

negative-25-1-31

Oltiariqda yo‘l-transport hodisasi oqibatida o‘lim sodir bo‘ldi

Joriy yilning 30-yanvar kuni o‘tkazilayotgan reyd tadbiri davomida, 2004-yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. amakisi Yo.G‘.ga tegishli “BYD Song EV” rusumli avtomobilini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 149-son Qarori asosida YPX inspektori, safdor R.Q. tomonidan jarima maydonchasiga olib ketilayotganda, 2007-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.N. ustozi A.S.ga tegishli (ustozi A.S. voyaga yetmagan X.N.ning haydovchilik guvohnomasi yo‘qligini bila turib, avtomobilni unga bergan) “Damas”rusumli avtomobilni haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, "Qapchug‘ay" mahallasida ikkinchi darajali yo‘ldan asosiy yo‘lga chiqib yuborishi natijasida, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Natijada, “Damas” avtomashina haydovchisi X.N. tan jarohati olib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil 400 nafardan ortiq shaxs aniqlandi

DXX hamda IIV tomonidan joriy yilning 27-31 yanvar kunlari mamlakat miqyosida "Antiterror-tozalash" keng ko‘lamli tadbirlari olib borildi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar o‘tkazildi. Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi.

Toshkentda uch erkak 20 yoshli qizni Cobalt avtomobilida o‘g‘irladi

Poytaxtda uch nafar noma’lum shaxs tomonidan Cobalt mashinasida qiz o‘g‘irlab ketilgani aks etgan video tarqaldi. Bu voqea keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi, 2004-yilda tug‘ilgan I. ismli qiz hozirda psixolog va huquq-tartibot idoralari xodimlarining nazoratida. O‘g‘irlashning tashkilotchisi 1994-yilda tug‘ilgan A. ismli yigit bo‘lib, u ikki tanishi bilan til biriktirgan. “Birinchi odam o‘g‘irlash uyimning yonida sodir bo‘ldi. Videoda uch kishini ko‘rish mumkin, A.ning o‘zi rulda o‘tiriribdi, u kameraga tushishni istamagan. Menda hali ham tuzalmagan chandiqlar va zarbadan keyin tez-tez bo‘ladigan bosh og‘rig‘i bor”, – deydi qiz. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 137-moddasi (Odam o‘g‘irlash) va 138-moddasi (Qonunga xilof ravishda zo‘ravonlik bilan ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatning barcha ishtirokchilari ushlanib, qamoqqa olingan.

Tabiiy gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari fosh etildi

amentning Mirobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.B.” MCHJ mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 252 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Shuningdek, Departamentning Piskent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 134,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Shu kabi, Departamentning Narpay tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.S.” fermer xo‘jaligi rahbari S.I. tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 112,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Теги :
Jamiyat