$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 29-yanvar voqealari

Qora 29-yanvar

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari 15 mln. so‘m bilan qo‘lga tushdi

Tadbirkorning 15 mln. so‘mini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.S.T.” AJ abonentlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari A.R. YaTT A.X.ga tegishli binoda ichimlik suvidan foydalanishning qonuniyligi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazib, ish boshqaruvchi O.Z.ga bu haqda tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha 15 mln. so‘m zarar hisoblanishini aytib uni aldab, tadbir jarayonida O.Z.dan 14,9 mln. so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dehqonobodda 100 dan ortiq Zarafshon archalari noqonuniy kesildi

Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida 104 dona Zarafshon archa daraxtlari noqonuniy ravishda kesilgani yoki shikastlantirilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Duob o‘rmon bo‘limi 4-sarhad hududida fuqaro K.M. tomonidan 3 dona archa daraxti butunlay kesib tashlangan. Buning natijasida O‘rmon xo‘jaligiga 51,8 million so‘m zarar yetkazilgan. Sud fuqaroning jarima to‘lashini belgilagan.

Bundan tashqari, ushbu hududda 38 dona Zarafshon archasi noma’lum shaxslar tomonidan kesilgan. Natijada 94,3 million so‘mlik zarar yetkazilgan. O‘rmon qo‘riqchisi H.E. takroriy jarimaga tortilgan va holat bo‘yicha sudga murojaat qilingan.

Shuningdek, 3-sarhad hududida ham noqonuniy daraxt kesish holatlari aniqlangan. Noma’lum shaxslar tomonidan 6 dona archa daraxti shikastlantirilgan. Bu esa 41,4 million so‘mlik zararga sabab bo‘lgan. Hudud qo‘riqchisi R.B. ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Hududda yana fuqaro H.A. tomonidan 8 dona archa daraxti kesilgan. Unga nisbatan jarima qo‘llanilib, sudga murojaat qilingan.

Bundan tashqari, noma’lum shaxslar tomonidan yana 49 dona Zarafshon archa daraxti kesilgan bo‘lib, natijada 176,6 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Ushbu holat bo‘yicha hujjatlar Dehqonobod tuman prokuraturasiga taqdim etilgan.

Noqonuniy alkogol savdosi fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan O‘zbekistonning turli hududlarida noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi bilan bog‘liq holatlar aniqlandi. Jumaladan:

Jondor tumanidagi savdo do‘konida 65,9 million so‘mlik 1 937 dona alkogol mahsulotlari tegishli hujjatlarsiz savdoga qo‘yilgani aniqlandi. Shuningdek, Uchko‘prik tumanida 471 dona, Pastdarg‘om tumanida 144 dona, Yangibozor tumani 2 444 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari noqonuniy tarzda sotilayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Oʻzbekistonga dori vositalarining noqonuniy olib oʻtilishini toʻxtatdi

Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (MXX) Oʻzbekistonga kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarini olib oʻtish kanalini toʻsib qoʻydi, deb xabar qildi departament matbuot xizmati.

Qirg‘iziston Respublikasining Botken viloyatida giyohvand moddalarning mast qiluvchi va ta’sirini kuchaytiruvchi 396 o‘ram dori vositalari bilan yigit qo‘lga olindi. Kontrabandachi yukni O‘zbekiston fuqarosiga o‘tkazishni rejalashtirgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari qo‘lga olingan shaxsning uyida tintuv o‘tkazish chog‘ida boshqa kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari ham topildi.

Ko‘p o‘tmay, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari yetkazib berish tashkilotchisi bo‘lgan Botken viloyatida yashovchi shaxsni topdi. Ko‘zdan kechirish chog‘ida uning yonidan umumiy qiymati qariyb 4 mln. som (deyarli 600 mln. so‘m) bo‘lgan 60 quti qalbaki sigaretalar topildi.

Теги :
Jamiyat