$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 27-yanvar voqealari

Qora 27-yanvar

Turkiyada firibgarlikda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan, bir qancha firibgarlik jinoyatlarini sodir etib, fuqarolarga katta miqdorda zarar yetkazganlikda ayblanib, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2023 yildan beri qidiruvda bo‘lgan 1991 yilda tug‘ilgan I.A. Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga, shuningdek, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini ta’minlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Mustang, Tracker va Onix o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

2025-yilning 27-yanvar kuni taxminan soat 01:20 larda Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi Comfort Elit do’koni qarshisida 2001-yilda tug’ilgan I.A. boshqaruvidagi “Ford Mustang” rusumli transport vositasi, 2003-yilda tug’ilgan X.T. boshqaruvidagi “Tracker-2” rusumli transport vositasi, haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi “Onix” rusumli avtomashinalari o’zaro to‘qnashuvi natijasida yo’l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida, Tracker-2 avtomashina yo’lovchisi 2008-tug‘ilgan M.E. hamda haydovchisi tan jarohat olganligi sababli shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatilgan.

Tadbirkor qarzi sud tartibida undirilmoqda

Jondor tumanidagi “BBB Bek Trade” MChJ tomonidan “Agrobank” ATBning Jondor filiali oldidagi 1 milliard 839,9 million so‘m kredit qarzi qaytarilmagan. Ushbu mablag‘ni undirish to‘g‘risidagi sud qaroriga binoan, qarzdorning garov sifatida ko‘rsatilgan mol-mulklari – “Ko‘liyon” MFY hududidagi molxona binolari va 2021-yilda ishlab chiqarilgan “LADA-4X4” hamda 2020-yilda ishlab chiqarilgan “Hyundai Tucson IX 35 FL” avtomobillari musodara qilinishi belgilangan.

Sud qarori bo‘yicha ijro harakatlari boshlangan va qarzdorga qarzini ixtiyoriy ravishda qaytarish uchun muddat berilgan. Biroq, bu talab bajarilmagach, garov mulklari aniqlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

Ayni paytda qarzdorga qarzini to‘lamagan taqdirda, mulklarning onlayn auksion orqali sotilishi haqida rasmiy ogohlantirish berilgan. Hozirgi vaqtda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

“Dovud ota” postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytish uch oyga to‘xtatiladi

Qoraqalpog‘istonda joylashgan “Dovud ota” (Qozog‘istonning “Tajen”) chegara o‘tkazish punkti 1 fevraldan vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev.

Punktlar orqali harakatlanish uch oy muddatga vaqtincha to‘xtatiladi. Cheklov fuqarolar, yengil avtomobillar, avtobuslar hamda ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga taalluqli. Istisno tariqasida 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining harakati uzluksiz davom ettiriladi.

Ushbu vaqtda chegara o‘tkazish punktlarida ta’mirlash va jihozlash ishlari olib boriladi va u Qozog‘iston tomonidan jismoniy shaxslar va transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida joriy etilmoqda.

Qalbakilashtirilgan aksiz markali mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qalbakilashtirilgan mahsulotlarni sotuvga qo‘ygan savdo do‘koni fosh etildi.

“Sh.A.” xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘koni sotuvchisi A.K. tomonidan kirim hujjatlari mavjud bo‘lmagan, qiymati 18,1 million so‘m bo‘lgan 83 turdagi 685 dona alkogol mahsulotlari hamda 701 ming so‘mlik 43 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilgani aniqlanib, ushbu mahsulotlar daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yildi.

Shuningdek, Kogon, Qorovulbozor, Nukus va Xo‘jayli tumanlarida o‘tkazilgan boshqa tezkor tadbirlarda fuqaro D.B., N.R., S.T. va A.A.ga tegishli savdo do‘konlaridan 430 dona qalbakilashtirilgan aktsiz markali alkogol mahsulotlari daliliy ashyolar sifatida olib qo‘yildi.

Теги :
Jamiyat