$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 26-yanvar voqealari

Qora 26-yanvar

Farg‘onada janjal oqibatida ota o‘z o‘g‘lini o‘ldirdi

Farg‘ona viloyatida 2024-yil 1-sentabr kuni 70 yoshli erkak mast holda o‘zining 41 yoshli o‘g‘lini o‘ldirgan. Oliy sudda xabar qilinganidek, fojia Oltiariq tumanidagi Toshobod mahallasida sodir bo‘lgan.

Yozgi oshxonada yuz bergan mojaro vaqtida pensioner o‘g‘lining ko‘kragiga pichoq bilan urib, o‘limiga sabab bo‘lgan. Marhumning besh nafar farzandi qoldi.

6-dekabr kuni sud pensionerni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Apellyatsiya sudi hukmni o‘z kuchida qoldirdi.

Surxondaryoda “Damas” urib yuborgan 1-sinf o‘quvchisi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida “Damas” urib yuborgan 8 yoshli bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2025-yil 23-yanvar kuni sodir bo‘lgan. M-41 avtomobil yo‘lining Termiz tumani hududidan o‘tgan qismida Termiz-Sho‘rchi yo‘nalishida harakatlanayotgan “Damas” mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborgan.

Oqibatda Termiz tumanidagi 17-maktabning 1-sinf o‘quvchisi bo‘lgan bola og‘ir tan jarohatlari olgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Yer maydonlarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxtako‘pir tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.P. fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, qalbaki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan Nukus shahri hududidagi 3,6 sotix yer uchastkasini 170 mln so‘mga sotishga kelishib, ushbu pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro N.N. fuqaro X.A.ga “U.D.” qo‘shma korxonasiga ajratilgan yer maydonining 4 sotixini go‘yoki kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali 10 500 AQSH dollari evaziga turar joy sifatida rasmiylashtirib berishini aytib, ushbu pullar hisobidan 5 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi

Kiberxavfsizlik markazi Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi yana bir aldov vakansiyalardan ogohlantirmoqda. Unda ta’kishlanishicha, instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali “Feed” va “Stories”larda reklama tariqasida takroran “UZUM MARKET onlayn do‘koniga ishga qabul qilish va uyda masofadan turib ishlash”, “Onlayn ishning Siz bilmagan 7 ta afzalligi” mazmunida yuqoridagi fotosurat ko‘rinishidagi tarqatilayotgan xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

Теги :
Jamiyat