$
 12990.00
5.56
 13570.65
127.86
 131.86
1.96
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2025-yil 23-yanvar voqealari

Qora 23-yanvar

Buxoro viloyatida yer silkinishi kuzatildi

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, 23 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan soat 05:44 da zilzila sodir bo‘ldi.

Episentr: Buxoro viloyati, Jondor tumani. Zilzila koordinatalari: 40,22 gradus shimoliy kenglik; 63,12 gradus sharqiy uzunlik.

Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 526 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Peshku tumanida 2 ball, 47 km;

Qorako‘l tumanida 2 ball, 49 km.

Toshkentda Ozarbayjon fuqarolaridan noqonuniy tarzda pul talab qilgan 3 nafar shaxs ushlandi

Toshkent shahrida Ozarbayjon fuqarolaridan noqonuniy tarzda pul talab qilgan Rossiya va Ozarbayjon fuqarolari ushlandi. Bu haqda IIV Tezkor qidiruv departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1983-yili Ozarbayjonda tug‘ilgan shaxs akasi bilan birga Bektemir tumanida joylashgan bozorda sitrus mevalarning savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

Ushbu shaxs 10-yanvar kuni, IIV Tezkor qidiruv departamentiga ariza bilan murojaat qildi. Unda o‘zining tanishi bo‘lgan Rossiya fuqarosi bilan 2024-yilning noyabr oylarida vaqtincha yashash uyida mehmondorchilik qilayotgan vaqtida ular orasida tushunmovchilik kelib chiqqanligini maʼlum qilgan.

Shundan so‘ng jinoiy guruh vakili 15-dekabr kuni o‘zining jinoiy sherigi, 1974-yilda Ozarbayjonda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marta sudlangan shaxsni Toshkentga chaqirtirgan.

Uning yordamida jabrlanuvchiga tazyiq o‘tkazib, shaʼniga aytilgan gaplar uchun javob berishi lozimligini va tovlamachilik yo‘li bilan 5 ming dollar talab qilgan. Shundan 1,5 ming dollarni 15-dekabr kuni olib ketgan bo‘lsa ham yana 3,5 ming dollarni talab qilib kelgan.

10-yanvar kuni Mirobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, gumonlanuvchilar tovlamachilik yo‘li bilan talab qilib kelayotgan, 3,5 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlandi.

Aktyor Matyoqub Matchonov fuqaroni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda aktyor Matyoqub Matchonov fuqaroni (behayo so‘zlar bilan) haqorat qilgani haqida ma’lumot tarqaldi. U san’atkor ustidan huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilib, advokat yollagan.

Bugun Chilonzor tuman sudi ushbu ishni ko‘rib chiqib, huquqbuzarning yoshi va sud zalida arizachidan kechirim so‘rashini inobatga olib, uch baravari miqdorida jarima belgiladi.

2016-yil boshida aktyorga bir qator “iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlar” sodir etganlikda ayblovlar qo’yilgan. Ammo o‘sha yilning oktabr oyida O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan ozodlikka chiqdi.

“Gentra”dan salkam 175 millionlik noqonuniy tamaki mahsulotlari topildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi, DXX va Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar aniqlangan.

Jumladan, fuqaro A.T. va boshqalar “Gentra” rusumli avtomashinasida xorijda ishlab chiqarilgan Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasi bilan yelimlanmagan umumiy bahosi 174,1 million soʻmlik jami 2894 quti tamaki mahsulotini Toshkent shaharida sotish maqsadida olib kelganliklari oydinlashgan.

Tezkor tadbir xodimlari tomonidan aniqlangan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Farg‘ona vodiysida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog'liq 10 mingga yaqin huquqbuzarlik aniqlandi

Namangan viloyatida 13 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, o‘tgan yilda jami 4835 qoidabuzarlik holati qayd etilgan. Shundan 410 holatda huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilgan va jarima belgilangan. Qolgan 4425 qoidabuzarlikka nisbatan ham chora ko‘rilmoqda.

Shuningdek, Andijon viloyatida o‘rnatilgan 34 ta kuzatuv kamerasi orqali o‘tgan yili jami 3582 qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 299 huquqbuzarlik holati bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, jarima undirilgan. Qolgan 3283 qoidabuzarlikka chora ko‘rish ijro jarayonida.

Farg‘ona viloyatida o‘rnatilgan 18 ta kuzatuv kamerasi orqali esa 2024-yilda jami 1508 qoidabuzarlik holati qayd etilgan. Shundan 258 ta huquqbuzarlik bo‘yicha maʼmuriy javobgarlik qo‘llanilib, jarima undirilgan. Qolgan 1250 qoidabuzarlikka chora belgilanmoqda.

Теги :
Jamiyat