$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 9-avgust voqealari

negative August 9, negative

Bo‘rijardan noma’lum erkakning jasadi topildi

9-avgust kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani hududidan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalidan noma’lum erkak kishining jasadi topildi. Xabarlarga ko‘ra, murda anhor bo‘ylab oqib kelgan, suv atrofida bo‘lgan kishilarni uni ko‘rib qolgan.

Ayni vaqtda hodisa joyiga IIV va FVV xodimlari yetib kelib, surishtiruv ishlarini boshladi. Murdaning shaxsiga aniqlik kiritilmagan. Hozircha holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi.

G‘isht zavodi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan

Bosh prokuratura ma’lumot berishicha, Gurlan tuman elektr ta’minoti korxonasi mas’ul shaxslari tarmoqqa ulanish ahvolini o‘z vaqtida o‘rganmaganliklari oqibatida “X.Sh.” MCHJ rahbari E.S. va boshqalar MCHJ g‘isht zavodiga o‘rnatilgan transformatorining kuchlanish simlarini teskari ulab, elektr energiyasidan tijorat maqsadida noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,7 mlrd so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Poraxo‘r direktor endi qamoqda

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi Barkamol avlod bolalar maktabi direktori vazifasida ishlab kelgan ayol Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tuman sudi hukmiga ko‘ra, 6 yil-u ikki oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bunga sabab u boshqa maktab o‘rinbosarini Yakkabog‘ tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirligiga o‘tkazishni va’da qilgani bo‘lgan. Ayol o‘rinbosarga evaziga 55 ming dollar berishi kerakligini aytib, oldindan 30 ming dollarni olgan paytda qo‘lga olingan. 

 O‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburlagan direktor

Namangan viloyati Pop tumani 43-maktab direktori maktabda ta’til bo‘lishiga qaramay, pedagoglarni ta’lim maskaniga chaqirib, soat 16:00 gacha o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalarni bajarishga, ya’ni maktab hududidagi o‘t-o‘lan, beda va ajriqlarni yulishga majbur qilgan. Ushbu direktor jarimaga tortildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Direktorga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51- moddasi (Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash) 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llangan.

Теги :
Jamiyat