$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 5-avgust voqealari

Qora 5-avgust

Buxoroda mehmonxonani elektrsiz qoldirgan mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi bilan “Davron fayz” (nomi o‘zgartirilgan) MChJ o‘rtasida 2021-yil 1-yanvarda shartnoma tuzilgan. Ushbu shartnomaga asosan korxonaga 1 stavkali tarif bo‘yicha elektr energiyasidan foydalanishga ruxsat berilgan va texnik shartlar taqdim etilgan. Biroq 2024-yil 8-mart kuni, dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan hech qanday asoslovchi hujjatlarsiz va oldindan ogohlantirmasdan tadbirkorga qarashli mehmonxona elektr tarmog‘idan uzib qo‘yilgan.

Bu esa korxonaning bir sutkadan ortiq vaqt davomida elektr energiyasiz qolishiga va tadbirkorlik faoliyatining noqonuniy to‘xtatilishiga olib kelgan.

Vakil devoni xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida, mazkur qonunbuzilish holatlari Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi mansabdor shaxsi tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 241-3-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, JIB Buxoro shahar sudiga yuborildi.

Yo‘l talashgan avtomobil odamlari bilan ag‘darilib ketdi

Qayd etilishicha, 2024-yil 1-avgust kuni soat 15:00 larda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, “Xonjiza” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-107 avtomobil yo‘lining 30-kilometrida haydovchi, 2003-yilda tug‘ilgan Sh.Ch. “UAZ” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan haydovchi, 1979-yilda tug‘ilgan J.J. boshqaruvidagi “UAZ” rusumli transport vositasini quvib o‘tayotgan vaqtda avtomobilning o‘ng tomoni to‘qnashgan. Natijada haydovchi Sh.Ch. rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

Hodisa oqibatida haydovchi Sh.Ch.ning 6 nafar yo‘lovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga ketishga ruxsat berilgan.

Andijonda yuk mashinasi temir yo‘l ko‘prigiga borib urildi

5-avgust, dushanba kuni soat 4:00 larda 22 yoshli fuqaro A.S. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan yuk avtomashinasida Andijon tumani hududidan o‘tgan 4R-116 avtomobil yo‘lining 83-kilometrida harakatlanib ketayotib, uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va temir yo‘l ko‘prigiga borib urilgan.

Oqibatda yuk avtomashinasi hamda temir yo‘l ko‘prigi zararlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Savdo do‘konlarida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “S.B.” MCHJ savdo do‘koni sotuvchisi A.E. xaridorga aksiz markasiz tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan umumiy bahosi 128,3 mln. so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 29 turdagi jami 1 496 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “N.M.” MCHJ rahbari S.O. Andijon tumani “Kuygan-yor dehqon bozori” MCHJ hududidagi do‘konida xaridorga xorijda va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 50 quti tamaki mahsulotini sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan jami 7 480 quti hujjatsiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat