$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 1-avgust voqealari

Qora 1-avgust

Qamchiq dovonida yuk mashinasi Matiz’ni jarlikka tortib ketdi

Qamchiq dovonida yuk mashinasi tormozi ishlamay qolishi oqibatida sodir bo‘lgan YTHda ikki kishi halok bo‘ldi.

Hodisa 31-iyul kuni soat 16:00 larda A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining 242 kilometrida yuz bergan. Toshkent—vodiy yo‘nalishida harakatlangan yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan va qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, Cobalt va Matiz avtomobillari bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Matiz va yuk mashinasi jarlikka tushib ketgan. Ikki nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

FVV qutqaruvchilari maxsus texnikalar yordamida har ikki avtomobilni chuqurlikdan olib chiqib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etgan.

Ruslan Abdullayev medalsiz qoldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Abdullayev (-63.5 kg) Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Chorak finalda kanadalik Uayt Stenford bilan jang qilgan Abdullayev imkoniyatni boy berib, Olimpiadadagi ishtirokini tugatdi.

Andijonda YTH oqibatida haydovchi vafot etdi

Bugun, 1-avgust kuni Andijon viloyatida Nexia va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Baliqchi tumani hududidan o‘tgan 4R-112 avtomobil yo‘lining 104-105 kilometrlari oralig‘ida sodir bo‘lgan. Haydovchi, 1963-yilda tug‘ilgan T.A. o‘zining Nexia-2 rusumli transport vositasini tuman markazi tomonidan boshqarib kelib (tuman sud oldi, tartibga solingan chorraha) asosiy yo‘ldan kelayotgan Zil-130 yuk avtomashinasini o‘tkazib yubormasdan, chap tarafga burilish uchun keskin harakatlangan. Zil-130 avtomashinasi haydovchisi tormoz bosishga ulgurmasdan Nexia-2 avtomashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

YTH oqibatida Nexia-2 haydovchisi tuman shifoxonasida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan olgan tan jarohati tufayli vafot etgan.

Savdo do‘konlarida aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan o‘tkazilgan tezkor tadbirda YATT “A.N.”ga tegishli savdo do‘koni sotuvchisi N.A. xaridorga 1 quti “R1” nomli tamaki mahsulotini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do‘konidan 50 turdagi 2 535 quti tegishli hujjatlari bo‘lmagan tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “R-A.” xususiy korxonasi savdo do‘konidan 673 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Теги :
Jamiyat