$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

“Qora dayjest”: 2024-yil 28-may voqealari

Qora 28-may

Farg‘onada Nexia haydovchisi avtobus shofyorini pichoqladi

Farg‘ona viloyatida yengil avtomobil haydovchisi yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisini pichoqlab qo‘ydi.

Bildirilishicha, Nexia rusumli mashina haydovchisi Farg‘ona shahriga kiraverish chorrahasida turganda yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisi uning orqasidan kelgan. Sodir bo‘lgan tushunmovchilik oqibatida avtobus yengil mashinani turtgan. Bundan jahli chiqqan Nexia haydovchisi avtomashinasidan tushib, avtobus haydovchisini haqoratlagan va qo‘lida pichoq bilan u tomonga yurib kelishni boshlagan. Buni ko‘rgan avtobus haydovchisi voqea joyini tark etgan.

Shundan so‘ng u avtobusdan yo‘lovchilarni tushirib, garajga borgan. U yerda uni Nexia haydovchisi kutib olgan. Avval ular dahanaki jang qilgan, so‘ng yengil avtomobil haydovchisi pichoq bilan avtobus haydovchisiga qasddan ziyon yetkazgan.

Sud hukmiga ko‘ra, haydovchiga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.

Jizzaxda harakatlanib ketayotgan Nexia-2 gaz balloni portladi

Viloyat YHXB matbuot xizmatining xabar qilishicha, holat 28-may kuni soat taxminan 13:00 lar atrofida G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega M39 avtomobil yo‘lining 1015-kilometrida sodir bo‘lgan.

Hozirda viloyat IIB xodimlari tomonidan ushbu transport vositasida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchilar soniga va shaxsiga aniqlik kiritish ishlari olib borilmoqda.

YTH bo‘yicha tegishli tartibda surishtiruv-tergov harakatlari boshlangan.

Bojxona postida 1 mlrd. so‘mdan ortiq noqonuniy sigaretlar ushlandi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.B. boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona postida mavjud inspeksion ko‘rik majmuasidan o‘tkazilgan. Natijada rentgen tasvirlari avtotransport vositasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan tovarlardan boshqa tovarlar borligini ko‘rsatgan.

So‘ngra avtotransport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Oqibatda avtotransport vositasi yukxonasida xufyona tarzda qog‘oz qutilarga joylashtirilgan, yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari bo‘lmagan umumiy qiymati 1 mlrd 26 mln so‘mlik jami 27 000 quti 3 xil nomdagi sigaret mahsulotlari yuklanganligi ma’lum bo‘lgan.

“Qashqadaryo”ga zarar yetkazayotganlar qo‘lga tushdi

Unda fuqaro A.S. va O.A.lar “Qashqadaryo” daryosining Qamashi tumani Qirqqiz qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi muhofaza maydonidan maxsus texnikalar yordamida 1,8 ming kub tabiiy qum mahsulotini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 234,2 mln. so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Shuningdek, fuqaro A.S. va boshqalar noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelib, 170 mln. so‘m nazorat qilinmaydigan daromad topganliklari ma’lum bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat