Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

“Qora dayjest”: 2024-yil 23-may voqealari

YTHda halok bo’lgan 2-sinf o’quvchisi, kiberxavfsizlikdan ogohlantiruv, qo‘shimcha g‘ildirakka yashirilgan zargarlik buyumlari — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.

2 daqiqa o‘qiladi

“Qora dayjest”: 2024-yil 23-may voqealari

 Qashqadaryoda 2-sinf o‘quvchisi yuk mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh o‘quvchilar piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotganida “Kamaz” ulardan birini urib yuborgani aks etgan video tarqalgandi.

Aniqlanishicha, voqea 15-may kuni viloyatning Ko‘kdala tumanida yuz bergan. Yo‘ldan o‘tayotgan bolalar 2-sinf o‘quvchilari bo‘lib, yuk mashina urib yuborgan bola voqea joyida vafot etgan.

Viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Kiberxavsizlikdan ogohlantiruv

Firibgarlar tomonidan instagram ijtimoiy tarmog‘i hamda telegram messenjerida "Alhamdulillah" nomli kanal go‘yoki halol savdo ekanligi ta’kidlanib, internet foydalanuvchilariga tez fursat ichida mo‘may daromad olishni va’da qilib, virtual firibgarlik bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslar tomonidan xabarlar tarqatilmoqda. Mazkur xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

“Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmasliklarini hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Termizdagi restoranda harbiy xizmatchi fuqaroga tan jarohati yetkazdi

Termiz shahrida joylashgan restoranda harbiy zobit (ismi-sharifi tahririyatga ma’lum) fuqaro bilan janjallashib qolgan va uni urib tan jarohati yetkazgan.

Uning ma’lum qilishicha, 2024-yil 19-may, yakshanba kuni kapitan harbiy unvoniga ega bo‘lgan zobit fuqarolik kiyimida 30 ga yaqin harbiy xizmatchi bilan Termizdagi Al-Qasr restoraniga kelib tamaddi qilishgan va spirtli ichimliklar ichishgan.

So‘ng ular restoranning yuqori qavatidan turib pastda tug‘ilgan kunini nishonlab o‘ynayotgan qizlarni videoga ola boshlashgan. Shunda Komil Jumayev ularga “qizlarni videoga olmanglar” deganda o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqqan.

Shundan so‘ng fuqaro kiyimida bo‘lgan harbiylar va Komil Jumayev restoran hovlisiga chiqishgan va shu yerda zobit uni urib, jarohat yetkazgan.

Qo‘shimcha g‘ildirakka yashirilgan zargarlik buyumlari

Toshkent viloyati "Gʻishtko‘prik" chegara bojxona postida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazildi. O‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonga o‘tish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat natijasida avtobusning qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd. 770 mln. so‘mlik 59 kg kumush zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.