Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +9°

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-may voqealari

5 kishining umriga zomin bo‘lgan YTH, Samarqandda ko‘p qavatli uyda yong‘in, noqonuniy o‘zlashtirigan avtomobil, O‘zbekistonga ta’sir qilgan zilzila — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.

3 daqiqa o‘qiladi

“Qora dayjest”: 2024-yil 13-may voqealari

YTHda 5 kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 12-may kuni soat 09:50 larda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Uzunsoy mahallasidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1371 kilometrida odamlar o‘limi bilan bog‘liq ayanchli YTH sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 59 yoshli haydovchi Sh.D. «Trecker» avtomobilida Toshkent-Sherobod yo‘nalishida harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘lning o‘ng chetida to‘xtab turgan, 38 yoshli haydovchi boshqaruvidagi ZIL431410 rusumli yuk mashinasinin orqa tomoniga kelib urilgan.

Natijada:

1.«Trecker» haydovchisi voqea joyida;

2.haydovchining turmush o‘rtog‘i, 59 yoshli M.Sh. voqea joyida;

3.60 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi M.T. (ayol) shifoxonada;

4.44 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi R.E. (ayol) shifoxonada;

5.50 yoshli «Trecker» yo‘lovchisi M.E. (R.E. ning opasi) shifoxonada vafot etgan.

Samarqanddagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 12-may kuni soat 19:09 da Samarqand shahar «Nurli yo‘l» mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Viloyat FVB kelib tushgan xabar asosida voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta yong‘in o‘chirish avtonarvonini jo‘natgan va yong‘in soat 19:40 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi

Bugun, 13-may kuni Toshkent vaqti bilan 11:44 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkentdan 208 km shimoliy-sharqda joylashgan epimarkazda zilzila kuchi 3,9 magnitudaga teng bo‘lgan.

Silkinish kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on (2 ball) hamda Kosonsoy (2 ball) tumanlarida ham sezildi.

O‘zingga xushyor bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma

Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida yashovchi 63 yoshli R.X. murojaat qilib, o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan noma’lum sabablarga ko‘ra 5.000.000 so‘m pul mablag‘lari yechib olinganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, R.X.ning pul mablag‘lari oylik to‘lovi vaqtida amalga oshirmaganligi sababli o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasidan 5.000.000 miqdoridagi pullar bank tomonidan kredit to‘lovlari uchun yechib olinganligi ma’lum bo‘ldi.

Noqonuniy o‘zlashtirilgan avtomobil

Jondor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.S tomonidan olib chiqib ketish majburiyati bilan Respublikamiz hududiga olib kirilgan “Neksiya” rusumli transport vositasi joriy yilning 24-mart kunida belgilangan tartibda olib chiqib ketilgan. Ammo shu fursat oralig‘ida ushbu avtomashinaning kuzov raqamlari qo‘lbola usulda kesib olingan. Xuddi shu rusumli boshqa avtomashinaga ko‘chirib o‘tkazilgan.

Huquq tartiboti idoralarini chalg‘itish maqsadida amalga oshirilgan ushbu jinoiy xatti-harakat natijasida fuqaro xorijiy davlatdan olib chiqib ketish sharti bilan olib kirgan avtomashinasining kuzov raqamlarini boshqa o‘xshash transport vositasiga ko‘chirib o‘tkazib, bojxona to‘lovlaridan qochishni maqsad qilgan.

IIB EKMning bergan xulosasida ham ushbu holat o‘z tasdig‘ini topdi. Holatga oydinlik kiritilgunga qadar umumiy qiymati 120 million so‘m deb baholanayotgan avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olingan.