$
 12694.87
-25.13
 13766.32
-61.59
 139.48
-0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 10-may voqealari

negative-24-5-10

Korxonaning 1,7 mlrd. so‘mini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.” va “B.I.” MCHJ bozorining mas’ul shaxslari 1,2 mlrd so‘m kredit mablag‘i evaziga xarid qilingan “Isuzu” rusumli 2 ta yuk avtomashinasini soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali o‘zlarining nomiga xususiylashtirib olib, ushbu avtomashinalar MJCHga xizmat ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, bank filialidan kredit mablag‘i uchun MCHJning patta pullari hisobidan 678 mln so‘m to‘lashib, MCHJning 1,7 mlrd so‘mini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Kadastr agentligi xodimi kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Agentlikning dastlabki oʻrganish natijalariga koʻra, ushbu holat Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida roʻy bergan. “Holat kadastr xodimi tomonidan Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida yashovchi fuqaro A.B. ning qoʻshnisi tomonidan yoʻl berkitilib, devor qurilgani yuzasidan yoʻllagan murojaatini oʻrganish davomida yuz bergan”, deyiladi xabarda. Agentlik, shuningdek, davlat xizmatchilari oʻz vazifalarini bajarish chogʻida ularga toʻsqinlik qilish yoki xalaqit berish qonunchilikka koʻra javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtgan.

Onlayn mikroqarz olib berishmoqchi boʻlgan shaxs firibgar boʻlib chiqdi

Toshkent shahrining Sirgʻali tumanida yashovchi 37 yoshli F.Y. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 1 mln soʻm miqdoridagi pul mablagʻlari nomaʼlum shaxs tomonidan oʻzlashtirilganligini maʼlum qilgan. Tekshiruvlar natijasida firibgarlik qilgan shaxs Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon tumanida yashovchi 23 yoshli S.M. boʻlib chiqdi. Aniqlik kiritilishicha, gumonlanuvchi C.M. jabrlanuvchi F.Y. bilan Telegram messenjeri orqali tanishgan. Shundan soʻng u 50 mln soʻmgacha onlayn mikroqarz olib berishini aytib, jabrlanuvchini ishontirgan. Xizmat haqi uchun esa oldindan 1 mln soʻm soʻragan va pulni kartasiga oʻtkazib olgan.

Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlarini rasmiylashtirmaslikni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahri elektr tarmoqlari korxonasi “Bobur” bo‘limi energiya sotish guruhi muhandisi X.K. “M.F.” MCHJning 20 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga ETK “Bobur” bo‘limi binosi oldida MCHJ rahbaridan 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlangan. Shu kabi, Jizzax viloyatida Sharof Rashidov tuman gaz ta’minoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati gazchisi M.Sh. Nurli yo‘l ko‘chasida yashovchi B.Q.ga xonadonidagi gaz hisoblash uskunasidan abonent raqamisiz foydalanilganligi holati bo‘yicha 17,5 mln. so‘m qarzdorlik hisoblanishini aytib, ushbu qarzdorlikni yo‘q qilib berishi evaziga 2 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Surxondaryo viloyatida iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari aniqlandi

Surxondaryoda o‘tkazilgan r eyd davomida 2024-yilning 7-may kuni soat 07:10 larda Denov-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro M.Sh. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina ham to‘xtatilib yukxonasi tekshirilganida biror bir tegishli veterinariya hujjatlarisiz 140 kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketayotgani aniqlangan. Shuningdek, 7-may kunidan 8-may kuniga o‘tar kechasi soat 02:30 larda shu yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi Cobalt to‘xtatilib yukxonasi tekshirilganda hech qanday veterinariya hujjatlarisiz 475 kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketayotgani aniqlangan. Aynan shu maskanda reyd tadbiri davom ettirilib, soat 02:50 larda Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Sho‘rchi tumanida yashovchi 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro N.J. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina yukxonasi tekshirilganda tegishli veterinariya hujjatlarisiz 400 kg yirik shoxli mol go‘shti olib ketayotgani ma’lum bo‘lgan.