$
 12699.85
-18.23
 13694.25
-15.84
 139.02
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 28-aprel voqealari

Negative-24-4-28

Fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda

Toshkent shahar IIBBga bir nechta fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlar uchun to‘lovni amalga oshirganligi, biroq MChJ tomonidan shu kunga qadar xonadonlar topshirilmaganligi sababli ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, 1977-yilda tug‘ilgan Sharipov Obid Aripovich “MAX-HOUSE-GROUP” MChJni tashkil qilib, o‘zining sheriklari 1982-yilda tug‘ilgan Osimov Axtam Axmadovich va 1989-yilda tug‘ilgan Samandarov Azizbek Alijonovichlar bilan birga bir nechta fuqarolarga nisbatan firibgarlik sodir etgan. Jumladan, O.Sharipov MChJ nomidan Uchtepa va Chilonzor tumanlarida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarni sotishligini ma’lum qilib, fuqarolardan xonadonlar uchun to‘lovlarni qabul qilib olgan. Vaholanki, ushbu ko‘p qavatli uylar qurilishi uchun hech bir mutassaddi tashkilotlardan ruxsat olmasdan va uy qurishga kerakli biron-bir hujjatlarga ega bo‘lmasdan, kadastr hujjatlari yo‘q bo‘lgan xonadonlarni fuqarolarga sotishligini bildirib, aldov yo‘li bilan juda ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirib olishgan.

Tadbirkor tergov izolyatorida vafot etgani aytilmoqda

Navoiylik 56 yoshli tadbirkor Azamat Xoliqov tergov hibsxonasida vafot etgani aytilmoqda. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalmoqda. Xabarlarga koʻra, Xoliqovga nisbatan bir necha kun oldin jinoyat ishi doirasida qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. U 26-aprel kuni erta tongda sogʻligidagi jiddiy muammo sabab tergov izolyatorida vafot etgan. Tadbirkorning qanday asoslar boʻyicha tergovga jalb etilgani haqida aniq maʼlumot yoʻq.

3 kishining kuygan jasadi qotillik alomatlari bilan topildi

27-aprel kuni soat 02:55 atrofida Sirdaryo tumanidagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘indan keyin bir oiladan uch nafar a’zoning jasadi qotillik alomatlari bilan topildi. Qayd etilishicha, halok bo‘lganlar ayol, o‘g‘il va qiz bo‘lgan, hozirda ularning shaxsi aniqlanmoqda. Prokuratura va ichki ishlar organlarining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tuzilgan tezkor-tergov guruhi gumonlanayotgan shaxs qo‘lga oldi.

Tug'ilish kamayib, o'limlar soni oshgan

Joriy yilning 1-choragi uchun e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, vafot etish holatlari ko‘paygan. Hisobot davrida, jumladan, 205 713 ta tug‘ilish tug‘ilish holati qayd etilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 foizga kamaygan. Shuningdek, 3 oyda 40 197 ta vafot etish holati qayd etilgan va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga ko‘p. Ushbu davrda mamlakat aholisi umumiy 165 516 nafarga ko‘paygan. O‘z navbatida tabiiy o‘sish koeffitsiyenti ham o‘tgan yilga qaraganda 1,8 foizga kamaygan. Shu bilan birga, aholining o‘rtacha yoshi haqida berilgan raqamlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich oxirgi 10 yilda erkaklarda 27,3 yoshdan 28,5 yoshga, ayollarda esa 28,6 yoshdan 30 yoshga o‘zgargan.