$
 12670.05
37.83
 13560.75
82.17
 138.00
3.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 22-aprel voqealari

Negative-24-4-22

Qashqadaryoda bir bola “samosud” qalindi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda bola bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklagani aytilmoqda” nomli videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 21-aprel kuni taxminan soat 16-00 larda Qarshi shahrida yashovchi T.A. tanishlari bilan bir guruhga birlashib, o‘zaro kelishmovchilik natijasida Qarshi tumanida yashovchi X. D.ni Qarshi shahar “Vatanparvarlar bog‘i” oldidan “Matiz” rusumli avtomashinaga mindirib, shaharning G‘afur G‘ulom mahallasining chekka hududiga olib borib, kaltaklagan.

Bo‘stonliqda “Treilblezer” yumalab ketdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, joriy yilning 21-aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Sijjak qishlog‘i yaqinida joylashgan tog‘li hududning avtomobil uchun mo‘ljallanmagan qismida harakatlanib ketayotgan haydovchi 40 yoshli M.F boshqaruvidagi “Treilblezer” rusumli transport vositasi ag‘darilib ketgan.

YTHga da haydovchining ehtiyotsizligi va uning yo‘l torligini inobatga olmasdan harakatlangani sabab bo‘lgan. Ushbu hodisa natijasida haydovchi tuman markaziy shifoxonasiga olib borilib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Avtobusda shilqimlik qilgan shaxs 15 sutkaga kesildi

2023-yilning 15-noyabr kuni A.R. (erkak) Surxondaryo viloyati, Termiz shahri avtovokzalidan Toshkent shahriga kelayotgan avtobus ichida, N.Ch.ning (ayol) uxlab qolganidan foydalanib, kukrak qismiga tegajogʻlik qilganligi, N.Ch. unga qarshilik koʻrsatganida u bilan janjal qilib jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimaganligi aniqlangan.

Maʼlum boʻlishicha, A.R. ayolning yonidagi oʻrindiqda oʻtirib, u uxlab qolganidan foydalanib uning kiyimini yechgan va koʻkrak qismiga tegingan.

Joriy yilning 19-aprel kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudi boʻlib oʻtgan sud majlisida A.R. MJtKning 183-moddasi va 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi.

Unga nisbatan MJtKning moddasi bilan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

30 ta “Howo” pulini “yeganlarga ushlandi

Toshkent shahridagi “G.K.” MChJ mas’ul shaxslari va boshqalar tijorat banki filialidan ajratilgan 18 mlrd. so‘m kredit evaziga “M.R.” MChJga 30 dona

“Howo” rusumli maxsus texnikalarni yetkazib bermasdan, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Shu kabi, Departamentning Qo‘ng‘irot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.V.” MChJ mas’ul shaxslari tijorat banki filialidan ajratilgan kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan 85 bosh naslli qoramollarni sotib yuborib, 2,5 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek 787,4 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganliklari aniqlangan. Bundan tashqari, bankning amaliyot bo‘limi mas’ul shaxslari kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan 3,5 mlrd so‘mlik ko‘chmas mulklarni asossiz garovdan chiqarib yuborganliklari ma’lum bo‘lgan.