$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 10-aprel voqealari

negative-24-4-10

Zomin qo'riqxonasidan ayiq qochdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo‘riqxonasidan ayiq qochib ketgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Zomin davlat qo‘riqxonasida ayiqlar tabiiy ravishda yashaydi. Qo‘riqxona xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, shu kecha-kunduzda bu hududda ayiqning qochib ketgani holati kuzatilmagan.

Shilqim yigit 5 sutkaga "kesildi"

2024-yil 8-aprel kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tumani sudida shahvoniy shilqimlikda ayblangan yigitga nisbatan sud hukmi o‘qildi.

2024-yil 1-aprel kuni soat 14:10 larda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi metroning "Chilonzor" yo‘nalishidagi elektropoyezd vagoni ichida 2003-yilda tug‘ilgan fuqaro A.N. o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning bel va tanasining boshqa qismlarini qo‘li bilan ushlagan. Sud tomonidan A.N. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan (Shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topildi va unga nisbatan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

IIB inspektori pichoqlandi

Toshkent viloyati Toshkent tumanida 8 aprel kuni chaqiruvga asosan xizmat olib borayotgan IIB profilaktika katta inspektori pichoqlandi.

Qayd etilishicha, 8 aprel kuni soat 21:10 larda Toshkent tumani «Qorasaroy» MFYda yashovchi fuqaro Q.J. mast holda uyida janjal qilayotgani sababli, shoshilinch chaqiruvga asosan voqea joyiga yetib borgan tuman IIB profilaktika katta inspektori podpolkovnik Murod Xoliqov 56 yoshli fuqaroni tinchlantirayotganida u faol qarshilik ko‘rsatib, qo‘lidagi pichoq bilan inspektorning chap bel qismiga urib jarohat yetkazgan. Natijada, tungi xizmat vaqtida jarohat olgan profilaktika inspektori IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan. Fuqaro protsessual tartibda ushlangan va dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.

"Lacetti" yo'l inshootiga uruldi

Joriy yilning 9-aprel kuni soat 22:50 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘lida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, haydovchi, 2003-yilda tug‘ilgan Sh.F. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l inshootiga to‘qnashgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.