$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 9-dekabr voqealari

Qora 9-dekabr

Samarqandda ikki maktab oʻquvchisi avtohalokatga uchradi

2024-yil 28-noyabr kuni soat 00:30 larda Samarqand shahrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Maʼlum boʻlishicha, ikki nafar maktab oʻquvchisi otasiga tegishli Onix rusumli avtomobilni soʻroqsiz boshqarib, harakatga chiqqan.

Shaharning Sadriddin Ayniy koʻchasida svetoforning qizil chirogʻiga amal qilmasdan oʻtgan Onix avtomobili 65 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Cobaltʼga kelib urilgan.

Hodisa oqibatida Cobalt haydovchisi va ikki oʻquvchi tan jarohati olib, shoshilinch tibbiy yordam markaziga yetkazilgan. Jarohatlari yengil boʻlgan oʻquvchilarga tekshiruvdan soʻng javob berilgan, biroq Cobalt haydovchisi ogʻir ahvolda komaga tushgan.

Toshkentda elektrobus va ikkita mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi

Toshkent shahar IIBB YHXB Yunusobod tumanida elektrobus va ikkita yengil mashina ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda poytaxt YHXB xabar berdi.

Qayd etilishicha, 8-dekabr kuni Yunusobod tumani, Bobodehqon koʻchasida 22 yoshli T.R. boshqaruvidagi “Tracker-2”, 59 yoshli M.A. boshqaruvidagi “Matiz” hamda haydovchi X.Sh. boshqaruvida boʻlgan “Yutong” rusumli elektrobus ishtirokida YTH sodir boʻlgan.

Hodisa oqibatida “Tracker-2” rusumli avtomashina haydovchisi va bir nafar yoʻlovchisi birinchi tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Taylandda o‘zbekistonlik ayol mehmonxona balkonidan tushib ketdi

2024-yil 7-dekabr kuni tushdan keyin soat 12:30 da qutqaruv guruhlari Tukkom Saut Pattayya yaqinidagi mehmonxonaga chaqirildi. Ularga oltinchi qavatdagi balkondan xorijlik ayol tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan edi.

Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yerda jonsiz holda yotgan, boshidan jiddiy jarohat olgan va o‘ng oyog‘i singan holdagi 25 yoshli o‘zbekistonlik ayolni aniqlashdi. Qutqaruvchilar va Banglamung shifoxonasining shifokorlari birinchi yordam ko‘rsatganidan so‘ng, ayol tezkor tibbiy yordam uchun shifoxonaga olib borildi.

Mehmonxona xavfsizlik xodimi Banlengning ma’lum qilishicha, u ish davomida baland tovush eshitgan va shundan so‘ng ayolni tomda yotgan holda ko‘rgan. Keyinchalik u yerga tushib ketgan. Xodim darhol mehmonxona ma’muriyatiga xabar bergan va huquq-tartibot idoralarini chaqirgan.

Tekshiruv jarayonida ayolning mehmonxonaning oltinchi qavatidagi xonada do‘sti bilan birga yashaganligi aniqlandi.

Andijonda “peshexod”dan oʻtayotgan maktab oʻquvchisini mashina urib yubordi

Andijon viloyatida piyodalar yoʻlakchasidan oʻtayotgan maktab oʻquvchisini mashina urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Bildirilishicha, hodisa joriy yilning 7-dekabr kuni soat 11:10 larda A373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Xoʻjaobod tumani Faqirqishloq MFY xududidan oʻtgan qismida yuz bergan.

1984-yilda tugʻilgan haydovchi “Lacetti”ni boshqarib ketayotib, yoʻlning qatnov qismini belgilangan joydan kesib oʻtayotgan, 2012-yilda tugʻilgan P.I.ni urib yuborgan.

Hodisa oqibatda tan jarohati olgan 12 yoshli maktab oʻquvchisi Xoʻjaobod tumani shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga yotqizilgan.

Теги :
Jamiyat