$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 8-dekabr voqealari

Qora 8-dekabr

Toshkent shahrida 3 ta qoidabuzarlik natijasida tizimga 2,7 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilganligi aniqlandi

“Oʻzenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, DXX, IIV va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.

Xususan, Shayxontohur tumanida joylashgan “B.” uy-joy shirkatining jami 17 dona elektr hisoblagichlaridan 9 tasiga tashqi ta’sir ko‘rsatgan holda 726 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Shuningdek, Olmazor tumanida joylashgan “F.T.” MChJ foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar amalga oshirilmay kelish natijasida ta’minot korxonasiga 1 mlrd. 159 mln. so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Bu kabi holat Olmazor tumani O.Bobojonov ko‘chasi, 20-uy manzilidagi turar-joy binosining elektr hisoblagichi “HET Billing” tizimiga kiritilmasdan foydalanib kelishi natijasida ta’minot korxonasiga 862,2 mln. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Samarqandda mahalliy fuqaroning mashinasidan giyohvand moddalar topildi

Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan narkotik moddalari mavjud bo’lgan “Gentra” rusumli avtomashina qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat YHXB.

Hodisa soat 23:30 atrofida Bag‘dod ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tekshiruv davomida haydovchi inspektorlarda shubha uyg‘otdi. Avtomobilni ko‘zdan kechirish chog‘ida giyohvandlik o‘tlariga o‘xshash kuchli hidli moddalar topilgan.

Barcha materiallar qo‘shimcha tergov o‘tkazish uchun Samarqand shahar 4-sonli IIBga topshirildi.

Termizda ayol erkakdan intim videosini tarqatmaslik uchun pul talab qildi

Surxondaryo viloyatida 27 yoshli ayol o‘z sevgilisi bilan bo‘lgan intim lahzani yashirin kameraga yozib olib, oshkor qilmaslik uchun undan 400 dollar talab qildi. Videoni ijtimoiy tarmoqlarda chop etish bilan tahdid qilib, u pul undirishga uringan, dedi Oliy sud.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari ayolni pulni olayotgan vaqtda qo‘lga oldi. Sud uni tovlamachilikda (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi) aybdor deb topib, uch yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qildi. Unga soat 21:00 dan 6:00 gacha uydan chiqishi taqiqlangan.

Ma’lum bo’lishicha, ayol ikki farzandni tarbiyalaydi va u avvalroq ajrashgan.

Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi

Ta’kidlanishicha ijtimoiy tarmoqlarda “Halol to‘plam 10 mln. kanalga obuna bo‘ling va halol pul ishlang” mazmunidagi yolg‘on xabarlar tarqatilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda hamda telegram messenjeridagi “Halol” nomli kanal orqali internet foydalanuvchilari tez fursat ichida mo‘may daromad olishlari mumkinligi mazmunidagi xabarlar yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi.

“Fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Теги :
Jamiyat