$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 7-dekabr voqealari

Qora 7-dekabr

 Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib temir ustunga uruldi

Joriy yilning 6-dekabr kuni soat 21:30 larda Yashnobod tumani Yangi O’zbekiston ko‘chasida, haydovchi 2005-yilda tug‘ilgan K.K. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo'qotib, yo'l chetidagi temir ustunga to'qnashishi oqibatida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.

YTH natijasida tan jarohat olganlar haqida habar kelib tushmagan.

YPX inspektorida shubxa uyg‘otgan haydovchi pirotexnika vositalarini olib ketayotganligi aniqlandi

2024-yilning 7-dekabr kuni soat, Bektemir tumanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori serjant A.A.O’tbosarov va PPX xodimi safdor I.Mag’rupovlar tomonidan Bektemir tumani Istiqbol ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Nexia-2 rusumli avtomobil to‘xtatiladi. Haydovchining xujjatlari tekshirib ko‘rilganda haydovchi 2004-yilda tug‘ilgan J.R. o‘z hatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan, xolislar ishtirokida avtomashina salon qismi ko‘zdan kechirilganda 430 qadoqda “Treniya" va 1 dona "7- shot salyut" nomli katta miqdordagi pirotexnika vositalari topilgan.

Shahobiddin Zoirov IBA‘ning “Chempionlar oqshomi”da mag‘lub bo‘ldi

Dubaydagi “The Agenda” majmuasida boks bo‘yicha “IBA Chempionlar oqshomi” musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning ikkinchi asosiy jangida Rio Olimpiadasi g‘olibi, o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahobiddin Zoirov ringga ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik bokschiga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qildi.

Eng yengil vazn toifasida tashkil etilgan 10 raundlik jang IBA Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun tashkil etildi.

Venesuela vakili Yoel Finolga (5-0) qarshi jang to‘liq 10 raund davom etdi va hakamlar ochkolar soniga (95:95, 94:96, 94:96) ko‘ra venesuelalik bokschining g‘alabasini qayd etishdi.

Surxondaryoda ona o‘z farzandini sotmoqchi bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida 2024-yilda dunyoga kelgan farzandini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 yoshli ayol o‘zining 2024-yilda tug‘ilgan qiz farzandini 15 ming AQSH dollariga pullash evaziga Termiz shahridan uy-joy sotib olmoqchi bo‘lgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

U Termiz shahridagi restoranlarning birida farzandini sotib, kelgusida qaytib olmaslik haqida tilxat yozib berayotgan paytida maxsus xodimlar tomonidan qo‘lga olingan.

Ayol xaridor boshida kichik summa aytganidan xafa bo‘lgan va odam sotayotganligini eslatgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan 23 yoshli ayolni 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilgan.

Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘zatov va Taxiatosh tumani bo‘limlari tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar A.A. va B.D. o‘zlariga tegishli xonadonlarda payvandlash va boshqa uskunalarni elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 353,2 mln. so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “S.U.” hamda “A.K.” MCHJ rahbarlari ushbu korxonalarga qarashli savdo do‘koni, novvoyxona va mehmonxonada elektr va gaz tarmoqlariga tijorat maqsadida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 216,7 mln. so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qamashi va Koson tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.”, “G'.P.” va “B-Z.” fermer xo‘jaliklari mas’ul shaxslari umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 129,5 mln. so‘mlik elektr energiyadan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Теги :
Jamiyat