$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 6-dekabr voqealari

Qora 6-dekabr

YPX xodimiga pora bergan fuqaroga qarshi ish ochildi

Yo‘l patrul xizmati xodimiga 100 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ta’kidlanishicha, Qorako‘l tumanida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimi qoidabuzarlik sodir etgan avtomashina haydovchisiga “to‘xtash” ishorasini bergan. Asli Olot tumanilik bo‘lgan 36 yoshli haydovchi Ch.P.ning sodir etgan qoidabuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Turli bahonalarni ro‘kach qilishiga qaramasdan, uning avtomashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan. O‘z qoidabuzarligining oqibatlarini to‘liq anglab yetmagan haydovchi qonuniy vazifasini bajargan yo‘l patrul xizmati xodimiga 100 AQSh dollari miqdorida pora taklif qilgan.

U huquqbuzarlik bilan bayonnoma rasmiylashtirish va avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora bilan qo‘lga olingan.

Buxoroda talaba qiz uksus ichib vafot etdi

Joriy yilning 4-dekabr kuni Buxoro muhandislik institutining 4-bosqich talabasi Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi J.K. (qiz bola) institutning yotoqxonasida ahvoli yomonlashganligi sababli RSHTYOIM BFga murojaat qilingan.

Unda uksusdan zaharlanish holati qayd etilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay J.K. soat 23:35 atrofida RSHTYOIM BFda vafot etgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish hakarakatlari olib borilmoqda.

169,1 mln. so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Nurobodda fuqaro A.G. “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasida sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 169,1 mln. so‘mlik 14 turdagi jami 7 335 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini Qashqadaryo viloyatida o‘tkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi Spark mashinasida maktabga keldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida “Spark” rusumli avtomashinada darsga kelgan maktab o‘quvchisi aniqlandi, deb xabar bermoqda SBXB matbuot xizmati.

6-dekabr kuni 44-maktabning 11-sinf o‘quvchisi o‘qishga mashinasida kelib, uni ta’lim muassasasi yonida to‘xtatib qo‘ygan.

Tekshiruv davomida voyaga yetmagan haydovchining yonida transport vositasini boshqarish uchun zarur hujjatlar bo‘lmagani aniqlangan. Voqea sodir bo‘lgan joyda barcha zarur protsessual hujjatlar to‘ldirilgan.

Toshkentda beton toʻsiqqa urilgan “Matiz” toʻliq yonib ketdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida YTHga uchragan “Matiz” butunlay yonib ketdi. Poytaxt YHXB hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 6-dekabr kuni soat taxminan 06:50 larda Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy koʻchasida YTH sodir boʻlgan. “Matiz” haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotib beton toʻsiqqa borib urilgan. Shundan soʻng avtomashinada yongʻin yuzaga kelib chiqqan.

Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yoʻq.

Теги :
Jamiyat