$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 12-dekabr voqealari

Qora 12-dekabr

 Xonadonda 47 mln. so‘mlik pirotexnika vositalari saqlanayotganligi ma’lum bo’ldi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan shaxsning xonadoni belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va bu yerda 8 turdagi 25 ming 336 dona salyut va petardalar keyinchalik sotish maqsadida saqlanayotganligi aniqlangan.

Xorijda ishlab chiqarilgan va muqaddam noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 47 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Poytaxtda yuz bergan YTH oqibatida 18 yoshli haydovchi vafot etdi

Kecha, 11-dekabr soat 20:20 lar atrofida poytaxtning Shayxontohur tumani Ko‘kcha darvoza ko‘chasi, Suzuk ota mahalla arkasi qarshisida BYD va Equinox ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi R.K. boshqaruvidagi BYD va 2006-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Equinox o‘zaro to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Equinox haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Toshkent - Farg‘ona yo‘nalishidagi mashinadan qariyb 5 kg gashish topildi

Toshkent—Farg‘ona yo‘nalishida harakatlangan, Qo‘qon shahrida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi Ohangaron shahri hududida to‘xtatildi. Mashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda uning salon qismida 4 kg 986 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, mazkur avtomashinaning ortidan Malibu avtomashinasida kuzatib kelayotgan uning 1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan akasi ham ushlandi.

Farg‘onadagi yana bir reyd

Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona tumanida yashovchi, 1972-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, uning yonida bo‘lgan o‘yinchoq quti ichida 987 gramm gashish moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

U mazkur ajal og‘usini Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan fuqarodan olgani aniqlanib, ushbu shaxs ham protsessual tartibda ushlandi hamda unga tegishli Cobalt salonidan 941 gramm opiy va 1 kg 980 gramm gashish moddalari olindi.

Haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Ohangaron shahar klubi o‘rgatuvchi ustasi F.X. fuqaro R.K.ga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Zarafshon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.I. fuqaro Yu.P.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida “V.” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSH dollari va 2,3 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yeri olib qo‘yilgan tadbirkor hokimlik bilan sudlashib, 1,5 mlrd. so‘m kompensatsiya undirdi

Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi “Jasur ishlab chiqarish kombinati” (nomi o‘zgartirilgan) MChJ rahbari Sho‘rchi tuman hokimligidan kompensatsiya undirishda muamolarga duch kelib rosa sarson bo‘lgan.

Aniqlanishicha, tadbirkorga tegishli 22 sotix yer uchastkasi va 351,5 kvadrat metrli binolar davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan. Sho‘rchi tuman hokimining qaroriga asosan, tadbirkorning mulki buzilishi va yer uchastkasi hokimlik zaxira yer fondiga kiritilishi belgilangan. Biroq kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmagan.

Tadbirkor sudga murojaat qilib, binolar uchun 383 mln. so‘m kompensatsiya undirishga erishgan. Ammo yer uchastkasi uchun kompensatsiya masalasi ochiq qolavergan.

Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil yordamida tadbirkor yana sudga arz qildi. 2024-yilda Denov tumanlararo iqtisodiy sudi tadbirkor foydasiga 1,2 mlrd. so‘m miqdorida qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanishi haqida qaror chiqardi.

Теги :
Jamiyat