$
 12170.67
20.83
 14048.60
44.69
 152.30
1.2
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 10-dekabr voqealari

Qora 10-dekabr

Qibraydagi osh markazi yonib ketdi

Bugun, 10-dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent viloyati, Qibray tumani, “G‘afur G‘ulom” MFY, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning birida (osh markazi) yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyigi yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va soat 05:50 to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Qashqadaryoda er xotinini qo‘rqitib qo‘ymoqchi bo‘lib, otib qo‘ydi

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mast erkak uyida xotini bilan janjallashib qolgan va uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida uyida turgan ov miltig‘ini olib chiqib, undan qochib ketayotgan xotini tomonga – yerga o‘q uzadi.

Sochma o‘q ayolning orqa tomoni va son qismiga tegib jarohatlaydi. Yengil tan jarohati olgan ayol Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam Qashqadaryo filialiga yotqiziladi. Fuqaroning o‘zi esa IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.  

Sud majlisida erkak aybiga qisman iqrorligini, aslida xotinini jarohatlash niyati bo‘lmaganini, uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida quroldan yerga qarata o‘q uzganini aytgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tumani sudida o‘tkazilgan sud majlisida erkak Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilgan.

Sud unga bir yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.

71 mln. so‘mlik pirotexnika vositalari to‘xtatib qolindi

Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarining bojxona boshqarmalari IIB xodimlari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani hududida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, “Spark” rusumli yengil avtotransport vositasi Dang‘ara tumani hududida to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, avtomashinada xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 71 mln. so‘mlik 3 turdan iborat jami 85 856 dona salyut va petardalar borligi aniqlandi.

Toshkentdagi novvoyxonada yong‘in sodir bo‘ldi

9-dekabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasida joylashgan novvoyxonada yirik yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Yong‘in soat 20:03da boshlangan, o‘t o‘chiruvchilar to‘rt daqiqa ichida voqea joyiga yetib kelgan va soat 20:20da yong‘inni o‘chirishgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda. Voqea joyidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Теги :
Jamiyat