$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 3-noyabr voqealari

negative-24-11-3

Farg‘onada ariqdan 46 yoshli erkakning jasadi topildi

Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida yoshi taxminan 40-50 lar atrofidagi erkakning jasadi ariqdan topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 2-noyabr kuni soat 08:30 da Farg‘ona shahrining "Cheksho‘ra" mahallasi Yorug‘lik ko‘chasidan o‘tgan Tashlamasoyning Isfaramsoyga quyilish joyidan yoshi 40-45 atrofidagi erkak jinsiga mansub noma’lum shaxsning jasadi tan jarohati va boshqa belgilarsiz topilgan. O‘lim sababini aniqlash maqsadida tayinlangan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, erkakning o‘limiga nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi oqibatidagi mexanik asfiksiya sabab bo‘lgan. Uning tanasida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.

Toshkent shahri havosida rekord darajada ifloslanish qayd etildi

2 noyabrdan 3 noyabrga o‘tar kechasi Toshkent shahri havosida zaharli zarrachalar miqdori 780 mkg/m3 darajagacha oshgan. Ifloslanishning asosiy sababi PM2,5 zarrachasi bo‘lib, JSST tasdiqlagan me’yordan 93,2 barobar ko‘p bo‘lgan.

Xalqaro IQAir ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida havo sifati 2 noyabrdan 3 noyabrga o‘tar kechasida o‘ta yomon bo‘lganini qayd etgan.

Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi

3-noyabr kuni soat 14:30 larda Qamchiq dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 226-kilometrida Vodiy-Toshkent yoʻnalishida kelayotgan yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yongʻin yuzaga keldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi. Hozirda FVV xodimlari tomonidan yongʻinni oʻchirish choralari koʻrilmoqda. Harakat xavfsizligi YPX xodimlari tomonidan toʻliq taʼminlanmoqda, deyiladi xabarda. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yoʻq. Dovon yoʻlida vaqtinchalik harakat toʻxtatilgan. Yongʻin oʻchirilgach, harakat toʻliq ochilishi maʼlum qilindi.

Xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar o‘zbekistonlik Rossiyada qoʻlga olindi

Rossiyaning Leningrad viloyatida xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda «47 kanal» xabar bermoqda. Oʻzbekiston fuqarolaridan biri Pigelevo qishlogʻida qoʻlga olingan. 39-yoshli erkak 2023-yil may oyida ikki fuqaroning ishonchiga kirib, firibgarlik yoʻli bilan ularning pullarini olgan va shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgan.

U joriy yilning avgust oyida qidiruvga berilgan. Firibgarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tayinlangan.

Yana bir holatda qidiruvda boʻlgan shaxs Pudost qishlogʻida qoʻlga olingan. Aniqlik kiritilishicha, 2023-yilning iyul oyida 22-yoshli yigit tanishi bilan janjallashib qolgan. Oʻzaro janjal davomida fuqaroga oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati yetkazgan.