Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 73 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +7° kechasi +7°

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-oktyabr voqealari

Farmasevtika agentligining sobiq rahbariga tegishli ko‘chmas mulk xatlandi, “Jiguli”da ariqqa tushib ketgan 7-sinf o‘quvchisi vafot etdi, samoliyot bortida sigaret chekib, janjal ko‘targan shaxs qamaldi, suv xodimi kaltaklandi — kunning “qora” xabarlari bilan tanishing.

2 daqiqa o‘qiladi

“Qora dayjest”: 2024-yil 25-oktyabr voqealari

Farmatsevtika agentligining sobiq rahbariga tegishli ko‘chmas mulklar xatlandi

Joriy yilning 24-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Farmatsevtika agentligining sobiq direktori Sardor Kariyev va boshqalarga nisbatan yuritilgan ijro ishi yuzasidan xabarlar tarqaldi. Unda S.Kariyevning farzandlari yashab turgan uy ham xatlangani, bundan norozi bo‘lgan uning ayoli sudga shikoyat qilgani aytiladi.

Ushbu ish joriy yilning 21-oktyabr kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida ko‘rib chiqilgan.

MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpulatovning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining 15.07.2024-yildagi ijro varaqasiga asosan javobgarlar S.Kariyev va boshqalardan 72 nafar fuqarolar foydasiga jami 75,4 mlrd. so‘m zarar undirish belgilangan.

Samolyot bortida sigaret chekib, janjal keltirib chiqargan shaxs 5 kunlik hibsga olindi

24-oktabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi samolyot bortida tartibsizlik keltirib chiqargan 35 yoshli A. T. ga nisbatan ishni ko‘rib chiqdi, deya xabar bermoqda.

Ish materiallariga ko‘ra, hodisa “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyoti bortida sodir bo‘lgan.

Fuqaro A. T. mast holda sigaret chekib, bort kuzatuvchilarni behayo so‘zlar bilan haqorat qilib, janjal keltirib, yo‘lovchilar tinchini buzgan.

Sud uni ma'daniyat bo'yicha jinoyat sodir etishda aybdor deb topdi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Kichik bezorilik) bilan sodir etilgan bo‘lib, unga nisbatan 5 sutkaga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Suv xodimi kaltaklandi

Marg‘ilon shahar "Sarmazor" MFY hududida yashovchi iste’molchi fuqaro tomonidan iste’mol etilgan ichimlik suvidan 1.700.000 so‘m miqdorida qarzdorligi mavjudligi aniqlangan. 

Mavjud qarzdorlikni undirish maqsadida "Farg‘ona suv ta’minoti" AJ Marg‘ilon shahar bo‘limi aholi nazoratchisi X.A. tomonidan iste’molchi xonadoniga boradi. 

Muloqot jarayonida Iste’molchi va nazoratchi o‘rtasida janjal kelib chiqqa va oqibatida nazoratchi X.A.ning jag‘ qismi sinib, tan-jarohati yetkazilgan. 

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Jiguli"da ariqqa tushib ketgan 7-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 16-oktabr kuni voyaga yetmagan 7-sinf o‘quvchisi mashina boshqaruvida halokatga uchradi, deb xabar bermoqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Kun.uz'ning yozishicha, o‘quvchi Oqtosh mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda “Jiguli” mashinasini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda mashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. O‘quvchi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. U yerda 17-oktabr kuni vafot etgan.