$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

“Qora dayjest”: 2024-yil 22-oktyabr voqealari

qora.22.

Rossiyada 15 yoshli o‘zbekistonlik 42 yoshli hamyurtini pichoqladi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik 15 yoshli o‘smir 42 yoshli hamyurtini pichoqladi. Bu haqda “78.ruxabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 19 oktyabr kuni tunda Pravda ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yosh yigit rashk tufayli 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosini pichoq bilan yaralagan. Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Politsiya xodimlari 20 oktyabr kuni Marat ko‘chasida gumonlanuvchini qo‘lga olgan. U jabrlanuvchining 15 yoshli vatandoshi bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak yosh hamyurti – xotinining o‘g‘li bilan til topisha olmagan. Bola esa pichoq bilan hujum qilgan.

Toshkentda sodir bo‘lgan ayanchli YTH haqida rasmiy ma’lumot berildi

Bugun, 22-oktyabr kuni soat 06:20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 1985-yilda tug‘ilgan haydovchi S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda — 1953-yilda tug‘ilgan S.K. va 1960-yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborgan. So‘ng rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga to‘qnashgan.

YTH natijasida haydovchi va piyoda olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida halok bo‘lgan. Yana bir piyoda 1960-yilda tug‘ilgan K.S. shifoxonaga olib ketilgan.

Kanoechi Shohmurod Holmurodov doping sabab 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekiston “Rowing&canoe” federatsiyasi sportchisi Shohmurod Holmurodov 2024-yilda aniqlangan doping tufayli 3 yil musobaqalarda qatnashmaydi. Ayni shu sabab u yozda O‘zbekistonda o‘tgan jahon chempionatini ham o‘tkazib yubordi. Sportchi bungacha 2023-yildagi Osiyo o‘yinlarining oltin medaliga ega chiqqandi.

Samarqand viloyatidagi uyda gaz portlashi oqibatida bir oilaning 4 a’zosi vafot etdi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida xonadonda gaz portlashi oqibatida er-xotin va ularning o‘g‘li va qizi vafot etdi.

Hodisa 22-oktabr kuni soat 6:30 lar atrofida tuman markazidagi Mustaqillik mahallasida, ikki qavatli uyning 2-qavatidagi xonadonlardan birida sodir bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, portlashga xonadonda gaz to‘planib qolishi va xonadon egasi buni bilmagan holda chiroqni yoqishi sabab bo‘lgan.

Portlash oqibatida R.S., M.S. hamda ularning farzandlari F.X. va D.X. voqea joyida vafot etgan.

Qo‘shnilardan biri tongda kuchli portlash ovozini eshitganini, tashqariga chiqib, kuchli yong‘in bo‘layotganini ko‘rganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, hech qanday yordam berishning imkoni bo‘lmagan.