Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 94 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

O‘zbekiston Afg‘onistondagi neft va gazga qiziqmoqda

Markaziy Osiyo kompaniyalarining Afg‘onistonning neft va gaz sohasiga qiziqishi sezilarli darajada oshgan — Kon va neft vazirligi vakili.

1 daqiqa o‘qiladi

Neft va gaz

Markaziy Osiyo kompaniyalarining Afg‘onistonning neft va gaz sohasiga qiziqishi sezilarli darajada oshgan — Kon va neft vazirligi vakili. 

"Yaqinda O‘zbekiston kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazdik"

Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistonning yirik kompaniyalari Afg‘onistonning neft va gaz konlariga sarmoya kiritishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Tolibon” muvaqqat hukumati kon va neft vazirligiga tayanib “TOLOnews” xabar beradi. “Markaziy Osiyo kompaniyalarining Afg‘onistonning neft va gaz sohasiga qiziqishi sezilarli darajada oshgan. Yaqinda O‘zbekiston kompaniyalari bilan uchrashuv o‘tkazdik. Vazirlik bir qancha neft va gaz konlariga, jumladan Hirot yaqiniga investitsiyalar kiritishini e’lon qildi”, deydi vazirlik vakili Humoyun Afg‘on.

Uchrashuvda qanday gaplar bo'lgan?

Afg‘onistondagi “Bakhtan News” nashrining yozishicha, O‘zbekistondagi kompaniya uglevodorodlarga qiziqish bildirgan. Kon va neft vaziri o‘rinbosari Zia-ur-Rahmon al-Aryubiy kompaniya vakillari bilan uchrashib, hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilgan. Afg‘onistonlik iqtisodiy ekspert Abdul Nosir Rashtiya O‘zbekiston delegatsiyasining Qobulga safari chog‘ida muhokamada neft, gaz va boshqa foydali qazilmalarni qidirish va qazib olish asosiy mavzulardan biri ekanligini aytib o‘tgan. Shuningdek, u MDH mamlakatlarining neft va gaz sohasiga kiritayotgan sarmoyalarini va mintaqaviy hamkorligini Afg‘oniston iqtisodiyotiga ham sezilarli darajada ta’sir qilishini ta’kidlagan.