$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyo neft bozori xavf ostida: Nishonlar ojiz nuqtalarga qaratildi

Eron nefti

1-oktyabr oqshomi Eron Isroilga yuzlab raketalarni uchirgan edi. Isroil matbuotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 500 ga yaqin raketa uchirilgan. Ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan, biroq ba’zilari “Temir gumbaz”ni yorib o‘tib, bir qancha binolarga zarar yetkazgandi. “Axios” nashrining xabar berishicha, Isroil Eron tomonidan uchirilgan raketalar hujumiga javob tariqasida mamlakatning neft infratuzilmasiga zarba berishi mumkin.  

Ehtimoliy nishonlar

Xabarga ko‘ra, Isroil rasmiylari portalga Isroil muhim javob zarbasi berishini, bu zarba neft qazib olish korxonalari va boshqa strategik obyektlarga qaratilishi mumkinligini aytishgan. Ular barcha variantlar, jumladan, Eron yadro markazlariga zarba berish imkoniyati ko‘rib chiqilishini ta’kidlagan. 

Dunyo nefti ta’minoti

Ma’lumki, Eron OPEK(Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti) a’zosi va jahon neft bozorida asosiy rol o‘ynaydi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar Eronning neft infratuzilmasi shikastlansa, dunyo neft ta’minotining 4 foizigacha xavf ostida bo‘lishi, neft narxi esa bir barrel uchun rekord darajadagi 200 dollarga yetishi mumkin.

Isroilning ojiz nuqtalari

Barcha mamlakatlarning urush vaqti jon-joyi unda joylashgan muhim strategik obyektlar bo‘ladi. Mojaro ustidagi ikki davlatda ham bunday joylar yetarlicha. Masalan, Isroilda 15 ta issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Asosiylar qatoriga Isroilning eng yirik elektr stantsiyasi bo‘lgan Orot Rabin IES (2605 MVt), Rutenberg IES (2290 MVt), Eshkol IES (1693 MVt), HAGIT CCGT (1394 MVt), Gezer SSGT (1336 MVt), Ramat Hovav CCGT (1137 MVt), shuningdek Hayfa issiqlik elektr stansiyasi (1110 MVt) kiradi. Ushbu obyektlar zich joylashgan: deyarli barchasi bir-biridan 70-80 km radiusda joylashgan. 2023-yil 7-oktabrda Hamas Rutenberg IESga hujum qildi va hatto qisman zarar yetkazdi (HAMAS ilg‘or raketalarsiz va texnik jihatdan uncha rivojlanmagan tashkilot sanaladi). 

Eronning strategik obyektlari

O‘z o‘rnida Eron Islom Respublikasi hududida ham bunday obyektlar soni yetarlicha va ularning ko‘lami ancha katta. Mamlakatda issiqlik elektr stansiyalarining o‘zi o‘ndan ortiq, xususan, Rudeshur, Kom, Ofoj, Shahad va Zagros. Bir qator sanoat korxonalarining faoliyati ularning ishlashiga bog‘liq. Shuningdek, Busherda AES va katta miqdorda elektr energiyasi ishlab chiqaradigan GESlar kaskadi mavjud. Eron energiya tarmog‘i Isroilga qaraganda qisman barqarorroq va muvozanatli, ammo bu uning raketa zarbasiga qarshi tura olishini anglatmaydi. Farq shundaki, Eron hududi kattaligi va energiya tarmog‘ining arxitekturasi unga ancha katta zarbaga dosh bera olishga imkon beradi, Isroil esa bunday zarbadan omon qolishi qiyinroq bo‘ladi.

Теги :
Iqtisodiyot