$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Jahonda neft narxi rekord darajada oshdi

neft

Neft qiymati 2022-yil oktyabr oyidan beri eng katta haftalik o‘sishni qayd etdi. Hozirda Brent navidagi bir barrel neft uchun narx 78 dollardan oshib ketdi, bu bir hafta avvalgidan 9 foizga ko‘pdir.

Yaqin Sharqdagi keskinlik global neft qazib olishning uchdan bir qismini tashkil etuvchi mintaqada ta’minotning uzilishiga olib kelishi mumkin.

Isroil Eron kuniga 1,7 million barreldan ortiq neft eksport qiladigan Hark oroliga zarba berishi mumkin.

Oʻzbekistonda neft bilan bogʻliq vaziyat 

Eslatib oʻtamiz, O‘zbekiston sakkiz oy davomida 1,42 milliard dollarlik neft va neft mahsulotlari import qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga (1,1 milliard dollar) nisbatan 29,5 foizga ko‘p. Ta’minotning asosiy qismi mart (244 million dollar) va aprelda (241,4 million dollar) kamaygan, avgustda 117,9 mln. dollarlik mahsulotlar import qilingan.

Shu bilan birga, neft mahsulotlari eksporti 2023-yilning yanvar–avgustiga (175,5 million dollar) nisbatan 2,3 baravar oshib, 409,4 million dollarga yetdi. 

Shuningdek, avgust oyida yetkazib berish keskin pasayib, 9,5 million dollarga (bir necha yil davomidagi minimal ko‘rsatkich) yetdi, bu iyulga (114,5 million dollar) nisbatan 12 baravar kam.