$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda dori-darmon aylanmasi bo‘yicha nazorat xaridlari amalga oshiriladi

dori

Farmatsevtika mahsulotlarining postmarketing nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat Lex.uz ma’lumotlar bazasida e’lon qilingan.

Postmarketing nazorati

Postmarketing nazorati deganda muomaladagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarining ta’siri bo‘yicha texnik standartlarga muvofiqligini baholash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui tushuniladi. Yangi tartib 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Vakolatli organ

Postmarketing nazorati sohasidagi vakolatli organ Sog‘liqni saqlash vazirligining Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi hisoblanadi. Nazoratni amalga oshirish uchun mahsulotlar sotib olinadi va laboratoriya sinovlaridan o‘tkaziladi.

Tekshiruv uchun dorilarni tanlash

Markaz har oyning 25-kunigacha postmarketingi nazorat rejasini tasdiqlaydi. Nazorat sotib olish uchun dori vositalarini tanlash (xalqaro nodavlat nomi bo‘yicha) xavf tahliliga asoslangan elektron tizim tavsiyasiga ko‘ra amalga oshiriladi. Bundan tashqari, xaridlar fuqarolarning so‘rovlari yoki mahsulotlarning sifati va xavfsizligi, ularning noqonuniy aylanishi hamda nojo‘ya ta’sirlari to‘g‘risidagi boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi mumkin.

Xaridni kim, qaysi mablag‘lardan amalga oshiradi?

Xarid qilish markazning ixtisoslashtirilgan bo‘limi xodimlari tomonidan bank kartalaridan amalga oshiriladi. Dorixona assortimentida bo‘lmagan texnika yoki dori-darmonlar bo‘lsa, sotib olish o‘rniga ishlab chiqaruvchining omboridan namunalar olinadi. Namunalar sotib olinganidan keyin ikki kun ichida laboratoriyaga yuborilishi kerak. Namunani sinovdan o‘tkazish, bayonnomalar tuzish va ularni ishchi organga o‘tkazish uchun 5 ish kunigacha vaqt ajratiladi (zarurat tug‘ilganda, muddat 15 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin).

Keyinchalik, ishchi organ 3 ish kuni ichida olingan bayonnomalar asosida xulosa tuzadi. Markaz keyingi 3 kundan kechiktirmay xulosa asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rsatishi shart.