Dushanba, 19-oktabr, 2026
Havo 93 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +17° kechasi +9°

Yanvar oyi boshidan beri propan narxi 11 foizga oshdi, benzin narxi esa deyarli oʻzgarmadi

Shuningdek, bir tonna AI-92 benzinining birja narxi kuniga 2,5% ga oshib, 12,25 mln. so‘mni tashkil etdi. Shu bilan birga, sotilgan yoqilg‘i hajmi 471,5 tonnani tashkil etib, o‘tgan kunga nisbatan ikki barobarga oshdi.

1 daqiqa o‘qiladi

Yanvar oyi boshidan beri propan narxi 11 foizga oshdi, benzin narxi esa deyarli oʻzgarmadi

Yanvar oyi boshidan beri tovar-xomashyo birjasida (O‘zRTXB) propan narxi 11 foizdan ko‘proqqa oshdi (https://t.me/uzexuz/7239).

Suyultirilgan gaz narxi oshdi

24-yanvar kuni suyultirilgan gazning birja narxi bir kunda 3,7% ga ko‘tarilib, bir tonnasi 6,9 mln. so‘mdan oshib ketdi. 6-yanvarga nisbatan propan 11,8% ga qimmatlashgan, sotish hajmi esa taxminan 1,2 ming tonnani tashkil etmoqda.

O‘tgan yilning noyabr oyi boshida Raqobat qo‘mitasi suyultirilgan gaz narxlarining sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20% gacha oshirish chegarasini joriy etdi.

Benzin narxi sezilarli oʻzgarmadi 

Bir tonna AI-80 benzini narxi sezilarli darajada o‘zgarmadi — 9,2 mln. so‘m. Bu Raqobat qo‘mitasi tomonidan 13-noyabrdan belgilanga narxlar chegarasiga yaqinligicha qolmoqda. Kechagi savdolarda yoqilg‘i sotuvi 4 ming tonnadan pastga tushdi. 17-yanvar kuni benzin sotish hajmi rekord darajaga yetib, 14,1 ming tonnadan oshdi — bu bir kun oldingiga nisbatan 3,54 baravar ko‘p.