$
 12940.44
-22.54
 13336.42
-41.38
 126.85
3.17
weather
+26
Кечаси   +14°

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga 15 trln. so‘mlik ijtimoiy nafaqalar to‘landi

nafaqa

2024-yilda O‘zbekistonda 14,96 trillion so‘mlik ijtimoiy nafaqalar orqali 2,6 million benefitsiar, jumladan, 2 millionga yaqin oila va 600 mingdan ortiq shaxs ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olindi.

Kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash

Kam ta’minlangan oilalarga 7,37 trillion so‘mlik bolalar nafaqasi va moddiy yordam ajratildi, bu esa 1,27 million oilani qamrab oldi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarining ayrim hududlarida yashovchi 37,3 ming oilaga 17,9 milliard so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

Oilaviy ehtiyojlarga ko‘mak

Yaqin qarindoshlarining vafoti munosabati bilan 155,1 ming oilaga 241,6 milliard so‘m yordam ajratildi. Shuningdek, 437,5 ming oila farzand tug‘ilishi munosabati bilan 311,8 milliard so‘mlik moddiy yordam oldi.

Nogironlar, keksalar va ehtiyojmandlar uchun ijtimoiy ko‘mak

Ijtimoiy himoya tizimi 6,69 trillion so‘mlik mablag‘ orqali 696,8 ming ish stajiga ega bo‘lmagan va mehnatga layoqatsiz shaxslarni qamrab oldi. Ular orasida 307,7 ming shaxs nogironlik nafaqasi, 167,1 ming 18 yoshgacha bo‘lgan bolaga nogironlik nafaqasi, 84,6 ming keksaga yoshga doir nafaqa, 74,5 ming shaxsga parvarishlash nafaqasi va 55,9 ming oilaga boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi to‘lab berildi.

 2024-yil may oyidan boshlab 7,3 ming o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa fuqarolar uchun - 34,2 mlrd. so‘mlik moddiy yordamlar to‘lab berildi.

Energotariflar islohotlari sababli ko‘rsatilgan qo‘shimcha yordam

Energotariflar islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini kamaytirish maqsadida 1,1 mln. oilaga 291,3 mlrd. so‘mlik moddiy yordamlar va bazaviy miqdordan oshgan qismi uchun 0,5 mlrd. so‘mlik kompensatsiyalar to‘lab berildi.

 Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lab berish bo‘yicha arizani elektron shaklda yuborish imkoni yaratilishi orqali 77 mingga yaqin oilalarga birinchi marta nafaqalar tayinlandi.

Теги :
Jamiyat