Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 67 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +18° kechasi +6°

my.gov.uz portali orqali kredit tarixiga kirishni cheklash xizmati ishga tushirildi

Ushbu xizmat shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlikning oldini olish va kredit tarixini nazorat qilish kabi bir qancha muhim afzalliklarni taqdim etadi.

1 daqiqa o‘qiladi

my.gov.uz portali orqali kredit tarixiga kirishni cheklash xizmati ishga tushirildi

my.gov.uz portalida yangi xizmat sinov tartibida ishga tushirildi. Ushbu xizmat orqali foydalanuvchilar o‘z kredit tarixiga kirishni cheklashlari mumkin. Bu shuni anglatadiki, foydalanuvchi ruxsatisiz hech kim uning nomiga kredit rasmiylashtira olmaydi.

Xizmatdan foydalanish tartibi:

Ushbu xizmat mutlaqo bepul va undan foydalanish juda oson.

Buning uchun my.gov.uz portalidagi sinov tarzidagi xizmatlar bo‘limiga o‘tish;

kerakli xizmatni tanlash;

SMS-xabarnoma xizmatini yoqish;

kredit tarixi olishni cheklash funksiyasini faollashtirish kifoya.

Bu nima uchun muhim? 

Ushbu xizmatning bir qancha muhim afzalliklari mavjud. Birinchidan, u foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilishni ta’minlaydi, ya’ni kredit tarixiga ruxsatsiz kirishlarning oldi olinadi. Ikkinchidan, kredit tarixini foydalanuvchi o‘zi nazorat qilishi mumkin bo‘ladi, bu esa moliyaviy xavfsizlikni oshiradi. Uchinchidan, xizmat firibgarlik va noqonuniy harakatlarning oldini olishda yordam beradi, chunki kredit rasmiylashtirish faqat foydalanuvchi ruxsati bilan amalga oshiriladi.

Xizmatdan foydalanish tartibi bilan havola orqali tanishish mumkin.