Shanba, 24-oktabr, 2026
Havo 75 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +11° kechasi +6°

Yozda muzqaymoq iste’mol qilish qanchalik foydali?

Parhezshunoslar bu boradagi izlanishlari haqida ma’lumot berdi.

2 daqiqa o‘qiladi

Yozda muzqaymoq iste’mol qilish qanchalik foydali?

Muzqaymoq ozuqaviy qiymatga ega bo‘lmagan boshqa shirinliklarga nisbatan sog‘lik uchun foydali xususiyatlarga ega, deb yozmoqda Tengri Life.

Bir stakan muzqaymoqning uchdan ikki qismi kalsiyning yaxshi manbai bo‘lib, suyaklar va mushaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Brendga qarab, ba’zi muzqaymoqlar har bir porsiyada taxminan olti gramm proteinni o‘z ichiga oladi. Buni bitta tuxumdagi protein miqdori bilan solishtirish mumkin.

"Protein va o‘rtacha yog‘ning kombinatsiyasi, shuningdek qandning qonga chiqishini sekinlashtiradi, bu esa diabet bilan bog‘liq bo‘lgan qon glyukozasining keskin ko‘tarilishini oldini oladi", deyiladi ma’lumotda. 

Muzqaymoq diabetga qanchalik ta'sir ko‘rsatadi?

Ta'kidlanishicha, qand miqdorining keskin ko‘tarilishi ham pastroq bo‘lishi mumkin, biroq u ham vaqt o‘tishi bilan zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun, qand miqdori baland insonlar muzqaymoqni ortiqcha iste’mol qilmasligi kerak. Bir porsiya muzqaymoq kattalar uchun tavsiya etilgan kunlik shakarning uchdan ikki qismini o‘z ichiga oladi va ko‘pchilik faqat bitta porsiya bilan cheklanmaydi.

Biroq, ovqatlanish bo‘yicha mutaxassislar muzqaymoq boshqa to‘yimli shirinliklardan ustun ekanligiga ishonishadi.

Muzqaymoqning organizm uchun zararli taraflari

Shuningdek, yoz oylarida muzqaymoq ham ehtiyotkorlik bilan tanlanishi kerak. Saqlash va tashish qoidalarini buzganligi sababli muzqaymoqlar ko‘pincha takroriy muzlatishga duchor bo‘ladi. Erigan muzqaymoq Staphylococcus aureus yoki E. colirivojlanishi uchun qulay muhit hisoblanadi. Ushbu mikroblar organizmda patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va kuchli zaharlanish, hatto, toksik shokka olib kelishi ehtimoli yuqoridir.

Muzqaymoq organizmga shirin gazli ichimlik kabi ta’sir qiladi

Kardiolog Orlovskiyning ta'kidlashicha, muzqaymoq organizm sovishiga emas, balki aksincha, yanada qizg‘in ishlashiga sabab bo‘ladi. Mazkur shirinlik sizga vaqtinchalik salqinlik beradi va oshqozonga tushgandan so‘ng, muzqaymoqdagi yuqori kaloriya hazm qilish tizimini jadal ishlashga va ko‘proq energiya sarf qilishga undaydi.

“Muzqaymoq organizmga shirin gazli ichimlik kabi ta’sir qiladi: u metabolizmni rag‘batlantiradi va qo‘shimcha kaloriyalarni hazm qilish uchun issiqlik hosil qiladi. Muzqaymoq iste'mol qilish sizga uzog‘i yarim soatlik salqinlik berishi mumkin, keyin esa butun tanangiz isiy boshlaydi”, — deb tushuntirdi kardiolog.

Shu boisdan qaynoq yoz mavsumida sovuq ichimliklar va muzqaymoqlar tanovvulida e’tiborli bo’lishingiz sog’liq uchun foyda keltiradi.