O‘zbekistonda eng ko‘p boriladigan muzey qaysi?
2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan.
1 daqiqa o‘qiladi

2023-yilda O‘zbekistondagi 140 ta muzeyga 5,7 mln kishi tashrif buyurgan.
Registon ansambli va Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasining har biriga milliondan ortiq odam kelgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Eng ko‘p odam tashrif buyurgan muzeylar
Eng ko‘p odam tashrif buyurgan mamlakatdagi 5 ta muzeyga:
- Registon ansambli — 1 million 10 ming 800 kishi;
- Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi — 1 million 6 ming 600 kishi;
- G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi tarkibidagi Shon-sharaf davlat muzeyi — 648,5 ming kishi;
- Xiva Ichan-qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi — 448,4 ming kishi;
- Buxoro davlat muzey qo‘riqxonasi — 390,3 ming kishi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 140 tani tashkil etgan.
Avvalgi yillarda...
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, muzeylarga 2020-yilda — 1,5 mln kishi, 2021-yilda 5,1 mln kishi, 2022-yilda esa 6,5 mln kishi tashrif buyurgan.



