$
 12890.43
11.47
 14720.87
-80.92
 156.04
-2.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

JCH-2026: Osiyo qit’asi guruhlaridagi vaziyat qanday?

Abbos

Kuni kecha JCH-2026 saralash bosqich 6-turining Osiyo qit’asiga atalgan barcha o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

 A guruhi

A guruhidagi so‘nggi uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi. Birlashgan Arab Amirliklari guruhdagi asosiy raqibi Qatarni yirik, 5:0 hisobida taslim etdi. O‘yinda hujjatlar bilan bog‘liq muammolar sabab Toshkentga kelmagan Fabio Lima poker qildi. Eron yaqqol peshqadamga aylanib olgan guruhda O‘zbekiston ikkinchi pog‘onada bormoqda. Ochkolar farqni uchta. Shuningdek, BAA ham 10 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Qatar 4-o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, Qirg‘iz Respublikasi va Shimoliy Koreyalar so‘nggi o‘rinlarni band qilgan. 

B guruhi

B guruhidan o‘rin olgan o‘yinlarda Iroq safarda O‘monni mag‘lub etgan bo‘lsa, Iordaniya Kuvaytda ochko yo‘qotdi. Mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Janbuiy Koreya ushbu guruh karvonboshisi bo‘lib turibdi. Iroqda 11 ochko mavjud, Iordaniya esa 3-o‘rinni 9 ochko bilan egallab turibdi.

C guruhi

C guruhi o‘yinlarida Avstraliyaning muqarrar mag‘lubiyatdan qutulib qolganini aytmasa, aytarli kutilmagan natijalar sodir bo‘lmadi. To‘g‘ri, guruhdagi vaziyat ancha murakkablashdi. Yaponlar 16 ochko jamg‘argan holda deyarli yo‘llanmani naqd qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda pastdagi 4 ta jamoaning barchasida 6 ochkodan mavjud. Faqatgina Avstraliyaning hisobida 7 ochko bor.

FIFA reytingidagi o'zgarish

O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqich 6-turi doirasida KXDRni mag‘lub etgach, FIFA reytingida o‘z hisobiga 6,99 ballga qo‘shib oldi (Shimoliy Koreya shuncha ball yo‘qotdi). Oqibatda hisobimizdagi ochkolar soni 1424,93 ga yetdi. Onlayn reyting jadvalida bir pog‘ona ko‘tarildik va ayni paytda 58-o‘rinni egallab turibmiz. KXDR esa 3 qator pastga tushib, 114-o‘ringa joylashadi.

Теги :
Jamiyat