Jahon Chempionati—2026 saralashi: Qatar — O‘zbekiston (prevyu)
Bugun, 14-noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo qit’asi uchun Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi doirasida guruh bahslarining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhida Qatarga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi.
3 daqiqa o‘qiladi

Bugun, 14-noyabr kuni futbol bo‘yicha Osiyo qit’asi uchun Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi doirasida guruh bahslarining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhida Qatarga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi.
O‘zaro o‘yinlar
Jamoalar o‘rtasida o‘tkazilgan umumiy 15 o‘yinning 9 tasida terma jamoamiz zafar quchgan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Qolgan 3 uchrashuv durang bilan yakunlangan. Jamoalar o‘rtasidagi ilk o‘yin 2001-yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan. Mazkur to‘qnashuvda terma jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgan. So‘nggi o‘yin esa joriy yil Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi chorak finali doirasida o‘tkazilgan va unda futbolchilarimiz penaltilar seriyasida alamli tarzda imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. To‘plar nisbati 25-11 O‘zbekiston foydasiga. Qiziqarlisi, Qatar mehmonda o‘yinlarida umuman g‘alaba qozona olmagan. Bundan ham ajablanarlisi, raqiblar bunday maqomdagi o‘yinlarda g‘alaba qozonish tugul durrang natijasini ham qayd etolmagan. Hattoki, 1 tadan ko‘p gol ham kiritilmagan. O‘zbekiston terma jamoasi esa safardan 3 marta g‘alaba bilan qaytgan.
Mundial saralashi doirasidagi so‘nggi rasmiy o‘yin
O‘zbekiston milliy terma jamoasi so‘ngi bor 2017-yilning 28-mart sanasida Qatar terma jamoasini rasmiy o‘yinda mag‘lub etgan. Terma jamoamiz o‘sha o‘yinni quyidagi tarkib bilan boshlagan :
leksandr Lobanov (Paxtakor)
Davron Hoshimov (Paxtakor)
Aleksandr Merzlyakov (Qo‘qon-1912)
Egor Krimets (Paxtakor)
Anzur Ismoilov (Changchun)
Aziz Haydarov (Al-Shabab)
Odil Ahmedov (Shanxay SPIG)
Eldor Shomurodov (Bunyodkor)
Server Jeparov (Sepaxon)
Sardor Rashidov (Al-Jaish)
Igor Sergeyev (Paxtakor)
Raqiblar haqida
Bilasiz, odatda arab jamoallari o‘yinni mahalliylashtirilgan futbolchilarning keskin vaziyatlardagi yechimi va tezkor qarori evaziga hal qiladi. Qatar terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun 11 ta mahalliylashtirilgan futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bular:
Saloh Zakariya - Misr
Tariq Salmon - Misr
Ahmad Fathi - Misr
Bualem Huhi - Jazoyir
Lukas Mendes - Braziliya
Edmilson - Braziliya
Muhammad Muntari - Gana
Almoez Ali - Sudan
Ibrohim Al-Hassan - Sudan
Bassam Al-Ravi - Iroq
Muhammad Vaad - Iroq
Raqiblarning hujum chizig‘i naqadar kuchli?
Qatar terma jamoasi, albatta, o‘zining hujum chizig‘i bilan yaxshigina maqtana oladi. Jamoa yuqori chizig‘ining o‘yinchilari oxirgi vaqtlarda quyidagicha natija qayd etishmoqda:
Almoez Ali (Al-Duhail) - 12 ta o‘yin, 5 ta gol, 7 ta asisst
Akrom Afif (Al-Sadd) - 17 ta o‘yin, 7 ta gol, 9 ta asisst
Muhammad Muntari (Al-Garafa) - 6 ta o‘yin, 2 ta gol
Yusuf Abdurisag (Al-Sadd) - 10 ta o‘yin, 1 ta asisst
Edmilson Junior (Al-Duhail) - 9 ta o‘yin, 5 ta gol, 3 ta asisst
Guruhdagi holat
Saralash bahslarining 4-tur yakuniga ko‘ra “A” guruhida Eron va O‘zbekiston termalari ochkolarini 10 taga yetkazib oldi. BAA hamda Qatar 4 ochko bilan 3-4 pog‘onalarga joylashdi. Qirg‘iziston 3 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda. KXDR hamon 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda.



