$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Bor pulimni yo‘qotdim

Rio

Braziliyada o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlari chempioni, og‘ir atletika bo‘yicha ikki karra Jahon hamda to‘rt karra Osiyo chempioni Ruslan Nuriddinov “Olamsport” nashriga bergan intervyusida Rio Olimpiadasi g‘olibligi uchun berilgan 200 ming AQSH dollarini qanday sarflaganini ma’lum qildi.

 “Tunnelcha fikrlash sindromi”

“Har qanday sportchi “tunnelcha fikrlash sindromi”ga uchraydi. Biz sportchilar buyruq bo‘yicha ishlashga o‘rganib qolganmiz. Kimdir bizga yo‘nalish bersa, shunga qarab harakat qilamiz, boshqacha fikrlay olmaymiz. Atrofdagi imkoniyatlarni ko‘ra olmaymiz. Menda ham shunday bo‘ldi”, — dedi Nuriddinov.

"O‘sha payt yonimda yomon odamlar bo‘lgan"

Sportchi qanday biznesga pullarini ajratgani hamda sohaga kirishdan oldin uni yaxshiroq o‘rganish kerakligi haqida gapiradi. “Biznesni o‘rganib keyin kirishish kerak ekan. Men esa “shu narsaning bozori chaqqonmi, bosamiz” degan fikr bilan pulimni tikkanman. Birinchidan sarosimaga tushib qolar ekansiz: men avval buncha pulni ishlab topmaganman. Afsuski, o‘sha payt yonimda yomon odamlar bo‘lgan. Ularga ishonib bor pulimni yo‘qotdim. Kamiga minusga ham kirdim. O‘sha payti qishloq xo‘jaligiga, go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish biznesiga pulimni tikkandim”, deydi Ruslan Nuriddinov.

Eslatib o‘tamiz, Parij—2024 Olimpiadasida ham o‘zbekistonlik sportchilarga bundan avvalgi Olimpiada o‘yinidagi kabi oltin medal uchun 200 ming, kumush—100 ming, bronza uchun 50 ming AQSH dollari mukofot puli va’da qilingan.