$
 12171.61
-24.39
 14117.85
-23.41
 149.80
-1.94
weather
+26
Кечаси   +14°

Londonda har 12 aholining biri noqonuniy muhojir ekani aytildi

Америка Amerika

Edge Analytics tadqiqotiga ko‘ra, Londonda 390 000 dan 585 000 gacha noqonuniy migrantlar istiqomat qiladi. Bu shuni anglatadiki, poytaxtning taxminan har oʻn ikki aholisidan biri qonuniy asoslarsiz mamlakatda yashamoqda. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda. 

Ular mamlakatga qanday kirgan?

Noqonuniy muhojirlarning aksariyati mamlakatga ishlash, o‘qish yoki muddati tugagan tashrif vizasi bilan kirgani aytiladi. Shu bilan birga, The Daily Telegraph nashrining yozishicha, Buyuk Britaniyadagi bunday muhojirlarning umumiy soni bir milliondan oshadi, ularning 60 foizi Londonda qo‘nim topgan. 

Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi noqonuniy muhojirlar haqida rasmiy ma’lumotlarni taqdim etmaydi. Biroq, G‘aznachilik bosh kotibi Kris Filpning aytishicha, mamlakatdagi noqonuniy muhojirlar soni zudlik bilan e’tibor qaratishni talab qiladigan jiddiy masala.

Ikki yilda 13 mingdan ortiq oʻzbek AQSHga noqonuniy kirmoqchi boʻlgan 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 2021-yilning oktyabridan 2023-yilning oktyabriga qadar AQShda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

Atigi ikki yil ichida AQShga Meksika orqali, Fox News ma’lumotlariga ko‘ra, o‘n minglab fuqarolar noqonuniy kirishga harakat qilgan bo‘lib, mamlakat hukumati ularni “alohida qiziqish uyg‘otuvchi shaxslar (special interest aliens) toifasiga kiritgan. Bunday shaxslar terrorizm bilan aloqador yoki aloqasi bo‘lishi ehtimoli bor yo‘nalishlar orqali mamlakatga kirib kelgani sababli AQSh xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘riladi.

Ular orasida:

  • 30 830 nafar Turkiya fuqarolari
  • 15 594 nafar Mavritaniya fuqarolari
  • 13624 nafar O‘zbekiston fuqarolari
  • 6386 nafar Afg‘oniston fuqarolari
  • 3153 nafar Misr fuqarolari
  • 1613 nafar Pokiston fuqarolari.

Chegarada qo‘lga olinganlar orasida Eron (659), Suriya (538), Iordaniya (185), Livan (164), Yaman (139) va Iroq (123) fuqarolari ham bor.



Теги :
Jamiyat