Qorovullar, farroshlar, kuryerlar: Rossiyada ishchi kuchi yetishmayotgan Top-20 kasblar e'lon qilindi
Ma’lumotlarga ko‘ra, e’lon qilingan 20 ta talab eng yuqori kasbning 14 tasida 80 foiz muhojirlar ishlaydi.
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada noyabr oyida farroshlar, tokarlik ustalari va payvandchilar mehnat bozorida eng talab yuqori kasblar sifatida qayd etildi. Bu haqida hh.ru platformasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib Tass nashri xabar bermoqda. Ushbu sohalarda mehnat taqchilligi o‘ta keskin bo‘lib, vakansiyalar soniga nisbatan rezyumelar juda kam.
Ishchi kuchi yetishmovchiligi eng yuqori bo‘lgan sohalar
Hh.ru tomonidan taqdim etilgan indeks vakansiya va rezyumelar nisbati bilan bog‘liq holatni ifodalaydi, ya’ni bitta vakansiyaga nechta faol rezyume to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
• Qorovullar: 0,7 indeks bilan eng yetishmayotgan kasblar qatorida.
• Tokarlar, payvandchilar: 1,1 indeks bilan ularga bo‘lgan talab ham yuqori.
• Sotuvchi-konsultant va kassirlar: 1,1.
• Oshpazlar va qandolatchilar: 1,2.
• Shifokorlar: 1,6
• Bo‘yoqchi: 1,6
• Farmatsevt-provizorlar: 2,3
• Mashinist: 2,3
• Kuryerlar: 2,4.
• Farroshlar: 2,5.
Ma’lumot uchun, indeks qanchalik past bo‘lsa, o‘sha sohada ishchi kuchining yetishmovchiligi shunchalik keskin bo‘ladi.
Mehnat bozori dinamikasi
Ma’lumotlarga ko‘ra, e’lon qilingan 20 ta talab eng yuqori kasbning 14 tasida 80 foiz muhojirlar ishlaydi.
Hozirda farroshlarning o‘rtacha oylik maoshi 35,6 ming rublgacha oshgan, bu qish mavsumida ko‘cha tozalash ishlarining ko‘payishi bilan izohlanmoqda. Shuningdek, shifokorlar va farmatsevtlar kabi tibbiyot xodimlariga talab oshgan, chunki mavsumiy kasalliklarning ortishi tibbiyot muassasalariga yukni kuchaytirgan.



